#Dolzarb90Kun 🎹
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida fortepiano bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “Fortepiano ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Sadikova Zuxra Sotvoldiyevna tomonidan fortepiano ijrochiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
🎼 Dars jarayonida yoshlarga fortepiano ijrochiligida to‘g‘ri qo‘l qo‘yish, tovush madaniyati, texnika ustida ishlash, musiqiy asarlarning mazmun va obrazini ochib berish hamda sahnada o‘zini tutish madaniyati yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.
✨ Mahorat darsi ishtirokchilarning ijrochilik mahoratini oshirish, musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlash va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
🎹 San’atga mehr — yuksak ma’naviyat sari qadam!
🌟 San’at inson qalbini tarbiyalaydi, mahorat esa mehnat bilan yuksaladi.
@BZokirovnomidagiMESI
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram