avatar
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti. Rasmiy kanal
@andqxai_rasmiy
06.08.2026 06:02


“Biznes hamkor” toʻgaragida marketing va brending mavzusi oʻrganildi

Payshanba – Yoshlar kuni hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Agrobiznes va marketing kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Biznes hamkor” toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti tashkil etildi.

Mashgʻulot “Marketing strategiyalari va brend yaratish” mavzusiga bagʻishlanib, unda talaba-yoshlarning marketing, tadbirkorlik va brending sohalaridagi nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Toʻgarak davomida zamonaviy marketing strategiyalarini ishlab chiqish, kuchli brend yaratish tamoyillari, bozorni tahlil qilish, isteʼmolchilar ehtiyojini oʻrganish hamda mahsulot va xizmatlarni samarali targʻib etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bunday mashgʻulotlar talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik koʻrishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Telegram |
Website |
YouTube |
Facebook* |
Instagram*
3 854
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti. Rasmiy kanal

3.8K
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rasmiy kanali.

Официальный канал Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий.
Открыть в Telegram