avatar
Transport universiteti | Rasmiy kanal
@tstu_official
30.07.2026 14:06
#Mustaqilligimiz_35_yilligi

Islom sivilizatsiyasi markazi – milliy o‘zligimiz, ilm-fan, ta’lim va madaniyat timsoli

Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichida uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlamoqda. Ushbu ulug‘vor maqsadning ma’naviy asosi va xalqimizning intellektual salohiyati timsoli sifatida qad rostlagan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat mintaqamiz, balki jahon tamaddunining eng yirik ilmiy-ma’rifat maskanlaridan biriga aylandi. Toshkent davlat transport universiteti jamoasi mazkur muhtasham majmuaga tashrif buyurib, markazning boy xazinasi va uning keng ko‘lamli faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Majmua bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya jarayonida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari turli davrlarga mansub noyob qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdilar. Sharq kitobat san’atining yuksak namunalari bo‘lgan ushbu manbalar nafaqat diniy, balki ulkan tarixiy, ilmiy va badiiy qimmatga ega ekanligi bilan barchada kuchli taassurot qoldirdi. Zamonaviy vitrinalarda xalqimiz orasida asrab-avaylab saqlanib kelingan va markaz fondiga taqdim etilgan asl qo‘lyozmalar munosib o‘rin egallagani majmuaning chinakam xalqchilligini namoyon etadi.

Qayd etish joizki, markaz tamal toshi qo‘yilganidan 2025-yilga qadar uning fondidagi qadimiy manbalar soni 2 mingdan oshdi, nodir Qur’on qo‘lyozmalari esa 60 tadan ziyodga yetdi. Ularning barchasi xalqimizdan jamlangan hamda xalqaro auksionlar orqali xarid qilinib, Vatanga qaytarilgan. Bu sa’y-harakatlar milliy va diniy merosimizni qayta tiklash, tarqoq holda saqlanayotgan bebaho manbalarni birlashtirish va ularni kelajak avlod uchun asrab qolish yo‘lidagi mustahkam yondashuvning amaliy tasdig‘idir.

Tashrif davomida jamoa a’zolariga alohida qimmatli qo‘lyozmalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, 1589-yilda xattot Sulton Muhammad tomonidan sakkiz burchak shaklida ko‘chirilgan “Bozuband” Qur’oni, XVII asrga mansub safaviylar davri kitobat san’atining nafis nusxalari, shuningdek, XII-XIII asrlar chegarasida nasx xatida ko‘chirilib, satrlar orasiga forsiy tarjimasi bitilgan nodir manbalar ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ldi. Ushbu asarlarda Samarqand, Hirot va Buxoro kitobat maktablarining boy an’analari yaqqol namoyon bo‘lishi ajdodlarimizning yuksak madaniyat sohibi bo‘lganidan dalolat beradi.


Universitet rasmiy sahifalari:

TSTU.uz | Telegram Instagram* | Facebook* | YouTube | News
6
👍 4
👏 3
🔥 2
👌 2
10 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Transport universiteti | Rasmiy kanal

11.1K
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI

Veb-sayt: tstu.uz
Facebook*: facebook*.com/tstu.official
Instagram*: instagram*.com/tstu_officialpage
Youtube: youtube.com/@tstu_official
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram