#dolzarb_90_kun
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali xodimlari — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent
M.Masharipov, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Z.Toxirova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi
D.Atabayeva,
R.Avezov hamda
U.Doulov Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarning eng qiziqarli qismi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘ldi. Unda o‘quvchilar 4 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etib, turli fanlar va mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash hamda topqirlik borasidagi mahoratlarini ko‘rsatdilar.
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram