♟️ SHAXMAT MAYDONIDA SHAKLLANAYOTGAN KELAJAK YETAKCHILARI!
Guliston davlat pedagogika instituti magistranti Alibayeva Mashhura tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirzaobod tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan
“Shaxmat olami” to‘garagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan samarali tashabbuslardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Navbatdagi mashg‘ulot davomida o‘quvchilar shaxmatning nazariy asoslari, strategik yondashuv va taktik usullarni amaliy mashg‘ulotlar orqali puxta o‘zlashtirdilar. Mashg‘ulotlar jarayonida ularda mantiqiy va tahliliy fikrlash, diqqatni jamlash, sabr-toqat, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari yanada takomillashtirildi.
Bizning sahifalarimiz:
http://www.gspi.uz
Telegram Instagram*
Youtube Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram