avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
05.08.2026 12:45

"DOLZARB 90 KUN": AJDODLAR MEROSI – YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM MANBAI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Tashrifda 110 nafar professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etib, Markazning boy ekspozitsiyalari, noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida tarixchi olimlar va Markaz mutaxassislari ishtirokida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi. Unda buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, islom tamaddunining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, ajdodlarimizning bebaho ilmiy merosini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Institutda tashkil etilayotgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda tarixiy merosimizni asrab-avaylashga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

#TTYSI_Muzeyga_Tashrif
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
1
👍 1
9 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

6.8K
TTYSI rasmiy kanali
Официальный канал ТИТЛП

Veb-sayt www.ttysi.uz
Facebook* www.facebook*.com/ttysi.uz
Instagram* www.instagram*.com/ttysi_uz/
YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz

Murojaat uchun @suhrob_bek3
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram