🏃♂️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Andijon davlat tibbiyot instituti Sport klubi murabbiylari tomonidan yosh sportchilar ishtirokida giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida murabbiylar giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi hamda sport faoliyatiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida batafsil tushuntirishlar berib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish, sportchiga xos intizom, mas’uliyat va qat’iyatni hayot mezoniga aylantirishga chaqirdi.
Mazkur tadbir "Yangi turmush", "Namuna" va "Sanoat" mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport mashg‘ulotlari va amaliy sport musobaqalari tashkil etildi.
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
🌎
sayt |
Telegram |
Instagram* |
Facebook* |
You Tube |
Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram