avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
Переслано от Rasmiy axborot
07.08.2026 16:21
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSH mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

@Rasmiy_axborot_official17433
1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

2.5K
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rasmiy telegram sahifasi.
Rasmiy sayt: https://estrada-art.uz
Открыть в Telegram