avatar
StartupBase
Переслано от IT Park Uzbekistan
01.08.2026 07:25
🇺🇿 Bugun O‘zbekistonda ayol-qizlar uchun IT va startaplarda imkoniyatlar har qachongidan keng

TopCoach asoschisi Orzugul G'oyibova IT Park Uzbekistan grantlari, akseleratsiya dasturlari va boshqa mexanizmlar xalqaro miqyosdagi ayol startap asoschilari yetishib chiqishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Ayol-qizlarni stereotiplardan voz kechib, bor imkoniyatlardan foydalanish va innovatsion loyihalar yaratishga chaqirdi.



More Opportunities Than Ever for Women in Uzbekistan’s IT and Startups

According to Orzugul Goyibova, founder of TopCoach, IT Park Uzbekistan’s grants, acceleration programs, and other support mechanisms will help foster a new generation of women startup founders capable of succeeding on the global stage.

She encouraged women and girls to challenge stereotypes, seize the opportunities available to them, and create innovative projects.

#Mustaqillik35 #Uzb35

Independent Fact

2019-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini (IT Park) tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Ushbu qaror respublikaning zamonaviy texnologiyalar va startaplar ekotizimiga institutsional poydevor qo‘ydi.

On January 10, 2019, the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan adopted the resolution officially establishing the Technological Park of Software Products and Information Technologies (IT Park), laying the institutional foundation for the republic's modern tech and startup ecosystem.


Telegram
| Instagram* | Facebook* | Youtube | LinkedIn
🔥 1
🙏 1
😍 1
1
2 449
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
31.07.2026 16:48
500 Global akseleratoriga qo‘shilish imkoniyatingiz

500 Global Eurasia Accelerator Batch 11 uchun arizalar qabulini davom ettirmoqda.

Bu — Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropadagi istiqbolli texnologik startaplar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng nufuzli akselerator dasturlaridan biri.

Dastur kimlar uchun?

dastlabki daromadga ega startaplar;
ishlaydigan MVP yoki funksional prototipga ega jamoalar;
global bozorga chiqish salohiyatiga ega mahsulotlar;
kuchli va turli kompetensiyalarga ega asoschilar jamoasi;
venchur investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga ega loyihalar.

Dastur 12 hafta davom etadi va Tbilisidagi oflayn bosqichlar hamda onlayn mentorlik sessiyalarini o‘z ichiga oladi.

Agar siz dasturga muvaffaqiyatli qabul qilinib, uni tamomlasangiz, “Raqamli Startaplar Dasturi” doirasida aviachiptalar va yashash xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismini qoplash imkoniyati mavjud.

Ariza topshirishga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun IT Park jamoasi va uning xalqaro hamkorlaridan mentorlik yordamini olish maqsadida biz bilan bog‘laning.


Dastur haqida batafsil

Priority Deadline — 2-avgust
Batch 11 dasturi 21-sentyabr kuni boshlanadi.

Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn
| Facebook* | Instagram* | Website
🔥 3
🎉 3
😍 2
👍 1
42 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
31.07.2026 15:51
Startup Fails #2: Musical.ly

Muvaffaqiyatsiz g‘oyadan milliard dollarlik startap qilish mumkinmi?

Asos solingan: 2014
Yopilgan: 2018
Jalb qilingan investitsiya: $150.4 mln
Sotib olish qiymati: $800 mln-$1 mlrd

Asoschilar
Aleks Ju va Luyu Yang muvaffaqiyatsizlikka uchragan ta’lim ilovasidan pivot qilib, Musical.ly’ni yaratdi. Seed investitsiyasining 10% dan ham kam qismi qolgan bir paytda ular ilovaning ilk versiyasini atigi 30 kun ichida ishlab chiqdi.

G‘oya

Bu foydalanuvchilar 15-60 soniyalik lip-sync videolar yaratadigan qisqa video platformasi edi.

2016-yilga kelib Musical.ly 130 million foydalanuvchi va 40 million oylik faol auditoriyaga ega edi va dunyodagi eng tez o‘sayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.

Nega tugatildi?

• 2017-yilda ByteDance Musical.ly’ni $800 mln-$1 mlrd evaziga sotib oldi.
• Ikki deyarli bir xil ilovani alohida rivojlantirish o‘rniga, ByteDance Musical.ly’ni TikTok bilan birlashtirdi.
Musical.ly’ning foydalanuvchilari, kontent yaratuvchilari va funksiyalari TikTok’ka o‘tkazildi.

Keyinchalik aynan TikTok dunyodagi eng yirik qisqa video platformasiga aylandi.


Startap sabog‘i
Birinchi g‘oyangizga haddan tashqari bog‘lanib qolmang
. Musical.ly asoschilari avvaliga muvaffaqiyatsiz ta’lim ilovasidan voz kechib, yangi yo‘nalishni tanladi.

Ba’zida eng katta muvaffaqiyat qachon pivot qilish kerakligini bilishdan boshlanadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 5
🙏 1
1 884
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
31.07.2026 12:00
Startapingizni Markaziy Osiyoning eng yirik IT-tadbirida namoyish etmoqchimisiz?

ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli boshlandi.

22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 10 ta startup bepul stendga ega bo‘ladi:

Startup Alley ishtirokchilari:
ko‘rgazmaning barcha to‘rt kuni uchun bepul stend;
Demo Day’da investorlar va hamkorlar oldida chiqish imkoniyati;
ishtirokchilar katalogida startup sahifasiga ega bo‘ladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
ishlaydigan mahsulotga ega;
new.startupbase.uz platformasidagi profilini 100% to‘ldirgan startaplar.

5 ta o‘rin — eksport natijalariga ega startaplar uchun;
5 ta o‘rin — xorijiy bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun.

4 kun davomida mahsulotingizni investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro hamkorlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Arizalar qabuli: 1–25-avgust

Ariza topshirish

Startapingizni ICT Week Uzbekistan 2026’da namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
🙏 1
😍 1
68 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
Переслано от President Tech Award
31.07.2026 08:00
President Tech Award’dan yangi hamkorlik va o‘sish sari

2025-yilda Robosell “Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda Robosell platformasidan 800+ biznes foydalanmoqda. Kompaniya, shuningdek, Click Super App’da bizneslar uchun mo‘ljallangan ilk mini-ilovani ishga tushirdi.

President Tech Award biz uchun yangi hamkorliklar, faoliyatni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ochdi”,
— Shokhrukh Khaytimov, Robosell CMO’si va hammuassisi


awards.gov.uz orqali ariza topshiring va startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
🙏 1
👌 1
😍 1
4 908
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
Переслано от President AI Award
31.07.2026 06:20
President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi!

Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat.

President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov.

Ishtirok etish uchun:
3–8 kishidan iborat jamoa;
ishlayotgan MVP;
loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch;
GitHub repositoriysiga havola;
PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi.

Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak.

Arizalar qabuli: 15-avgustgacha

Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
😍 2
🎉 1
👌 1
46 779
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 15:16
Pekin chorlamoqda: HICOOL 2026 uchun O‘zbekiston startap delegatsiyasiga qo‘shiling

Xitoy bozoriga chiqish va xalqaro investorlar bilan aloqa o‘rnatishni istaysizmi?

IT Park Uzbekistan startaplar, investorlar va innovatsiya yetakchilarini birlashtiruvchi HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit uchun milliy startap delegatsiyasini shakllantirmoqda.

Saralangan startaplar:
O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z stendiga ega bo‘ladi;
sammit forumlarida pitch qilish imkoni;
ochilish marosimi va HICOOL 2026 taqdirlash marosimida qatnashadi;
Pekin bo'yicha tur.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Xitoy va Osiyo bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari;
AI va robototexnika, dasturiy ta’minot va IT, IoT va aqlli shaharlar, chiplar va kvant texnologiyalari, FinTech, BioTech, MedTech yoki AgriTech yo‘nalishidagi startaplar;
mahsulotining ingliz tilidagi versiyasiga ega, jonli demo namoyish etishga tayyor hamda founder yoki C-level rahbar tomonidan taqdim etiladigan kompaniyalar.

HICOOL 2026 doirasidagi 70 dan ortiq tadbirda 50 ta mamlakatdan 600 ta eksponent, 1,000 dan ortiq investor, 300 ta yetakchi kompaniya va 50,000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etadi.


Safar va yashash xarajatlari ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

Pekin, Xitoy
2026-yil 26–29-avgust
Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi

Startapingizni Xitoyning yetakchi innovatsion platformalaridan biriga olib chiqing.

Ro‘yxatdan o‘ting

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 6
😍 2
🤩 1
43 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 13:00
🇸🇦 Startapingiz bilan Riyoddagi LEAP 2026’da ishtirok eting

Saudiya bozoriga chiqib, global investorlar bilan aloqa o‘rnatishga tayyormisiz?

31-avgustdan 3-sentabrgacha O‘zbekistondan saralangan kompaniyalar MENA mintaqasidagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — LEAP 2026’da mamlakatimizni namoyish etadi.

IT Park’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi ko‘magida ishtirokchilar maqsadli biznes uchrashuvlarda qatnashib, Digital Uzbekistan tadbirida mahsulotlarini potensial mijozlarga namoyish etadi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
alohida ko‘rgazma stendi;
sammitda bepul ishtirok etish;
media va marketing ko‘magi;
maxsus networking va biznes uchrashuvlar;
tashrif davomida IT Park’ning Riyoddagi vakolatxonasi ko‘magi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin? (6 ta joy mavjud)

mahsulotini jonli namoyish etishga tayyor startaplar;
ingliz tilidagi mahsulot interfeysiga ega kompaniyalar;
xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;
tadbirda ishtirok etishga tayyor founderlar yoki C-level rahbarlar;
tayyor Go-to-Market strategiyasiga ega jamoalar.

Arab tilidagi interfeys, mavjud savdo natijalari, xalqaro mijozlar va tayyor promo materiallar ustunlik beradi.


Riyod, Saudiya Arabistoni
2026-yil 31-avgust – 3-sentabr

Ishtirok etish

Saudiya Arabistonidagi investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
😍 2
👍 1
🙏 1
35 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
Переслано от Sherzod Shermatov
30.07.2026 10:31
Yaxshi xabar: Qoraqalpog‘istonlik Beknazarning yangi Startapi Y Combinatorda namoyish qilindi: https://www.linkedin.com/posts/y-combinator_speko-is-a-router-for-voice-models-one-api-activity-7488310498296348685-h9xA

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hurmatli Prezidentimiz yangi IT Park binosida Beknazar Abdikamalovning METAning Osiyodagi birinchi investitsiyasi sifatida Forbes jurnalida yoritilgan Startapi haqida eshitib, unga kelgusi faoliyatida omad tilagan edilar.

Mana, ko‘z tegmasin, Beknazar o‘zining Sun’iy Intellekt asosidagi yangi startapini Y Combinatorga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning kelgusi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz!

Siz ham Beknazar kabi dunyo bozoriga chiqadigan startap ustida ishlang! Katta bozordan daromad olish, back office va ishchi o’rinlarni esa O‘zbekistondan qilish kerak.

Startupbase.uz orqali startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalaning!
😍 11
🔥 6
🙏 2
4 812
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 06:22
#StartupMythBusters

Mif: Funksiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahsulot shuncha yaxshi.

Aslida: Foydalanuvchilar uchun funksiyalar soni emas, muammoni tez va oson hal qilish muhim.

Buni Snapchat va Payme misolida ko‘rib chiqamiz.

Snapchat paydo bo‘lganida, ko‘pchilik uni juda sodda deb hisoblagan. Ilovada boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar lentasi, o‘yinlar, guruhlar va ko‘plab sozlamalar yo‘q edi.

Jamoa ortiqcha funksiyalardan ongli ravishda voz kechib, bitta imkoniyatga — o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan xabarlarni tezkor almashishga e’tibor qaratdi.

Aynan shu soddalik Snapchat’ga millionlab foydalanuvchilarni jalb qilish va yangi muloqot formatini yaratishga yordam berdi.

Payme ham shunga o‘xshash yondashuvni tanladi. Dastlab servis barcha moliyaviy xizmatlarni bitta ilovada birlashtirishga urinmadi.

Avval jamoa eng talabgir yo‘nalishlar — xizmatlar uchun to‘lov va pul o‘tkazmalariga e’tibor qaratdi. Yangi imkoniyatlar foydalanuvchilar ehtiyojiga qarab bosqichma-bosqich qo‘shildi.

Bugungi kunda Payme — O‘zbekistondagi eng ommabop FinTech servislaridan biri.


Eng yaxshi mahsulotlar funksiyalar soni bilan emas, ulardan foydalanish qanchalik osonligi bilan ajralib turadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 5
🙏 1
😍 1
3 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
29.07.2026 14:31
O‘zbekiston — dunyodagi eng tez o‘sayotgan startup ekotizimi

Dealroom Half-Time Report 2026 taqdimoti ayni damda bo‘lib o‘tmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston startup ekotizimi yilma-yil 544,5% o‘sish bilan dunyoda 1-o‘rinni egalladi.

Taqdimotni jonli efirda kuzating

To'liq taqdimot

Keyingi o‘rinlarda Avstriya, Gana, Pokiston va Xitoy qayd etildi.

Batafsil natijalarni tez orada ulashamiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 11
🤩 5
🙏 3
😍 1
11 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
Переслано от President Tech Award
29.07.2026 13:00
Hatto Konsta qo‘shildi, siz nimani kutyapsiz?

Agar sizda texnologiya orqali haqiqiy muammoni hal qiladigan loyiha bo‘lsa, President Tech Award 2026 aynan sizni kutmoqda.

Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million.
Qaysi bosqichdasiz?

emoji Inkubatsiya — prototipga ega jamoalar uchun. 25 ta g‘olibga $40 minggacha grant.
Akseleratsiya — dastlabki sotuvlarni amalga oshirgan startaplar uchun. 15 ta jamoa $100 ming investitsiya uchun tanlab olinadi.
Best Startup Project — investitsiya jalb qilishga tayyor startaplar uchun. 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 30 ta g‘olib aniqlanadi.


Tanlovda ishtirok etish bepul.

Arizalar qabuli:
Inkubatsiya 10-avgustgacha;
Akseleratsiya 10-avgustgacha;
Best Startup Project 31-avgustgacha.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 3
👏 2
🤩 1
😍 1
11 808
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
29.07.2026 11:01
Startapni g‘oyadan o‘sishgacha qanday olib chiqish mumkin?

Founders Hub’da Higgsfield AI strategiya rahbari Asilbek Akbarov bilan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Asilbek avval qariyb bir million foydalanuvchiga erishgan OYGUL startapini yaratgan va jamoasi bilan President Tech Award 2024’da $100,000 mukofotni qo‘lga kiritgan.

Uchrashuvda:

startap g‘oyasini shakllantirish va tekshirish;
bozorga chiqish strategiyasi va dastlabki o‘sish;
savdo va biznes strategiyasi muhokama qilinadi.

Tadbir startapini endigina boshlayotganlar va allaqachon mahsulot ustida ishlayotgan jamoalar uchun foydali bo‘ladi.

Ishtirokchilar amaliy tavsiyalar olish va spikerga o‘z savollarini berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Ro‘yxatdan o‘tish

Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
😍 3
🎉 2
5 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
29.07.2026 09:30
Futbol o‘ynaydigan AI-agent yarating va global bosqichga yo‘l oling!

22-avgust kuni Toshkentda AWS Agentic Football Cup bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar avtonom AI-agent yaratib, uni virtual futbol maydonidagi bahslarda sinovdan o‘tkazadilar.

Dastur doirasida:
workshop va amaliy sessiyalar;
AI-agent yaratish;
virtual futbol bahslari o‘tkaziladi.

Yakka tartibda yoki 3 kishigacha bo‘lgan jamoa bilan ishtirok etish mumkin.

Musobaqa AI va dasturlashga qiziqadigan barcha — boshlovchilardan tajribali dasturchilargacha — uchun ochiq.


Sovrinlar:

AirPods Pro 3 va $100 AWS Credits;
AWS Credits
AWS Credits

Eng yaxshi jamoalar Las-Vegasda AWS re:Invent 2026 doirasida o‘tkaziladigan Global League bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

22-avgust | Toshkent
Batafsil ma’lumot

Ro‘yxatdan o‘tish

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 5
🙏 3
😍 3
11 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
StartupBase
@startupbaseuz
29.07.2026 08:00
Qozog‘iston bozoriga chiqmoqchimisiz? Unda bu infosessiyani o‘tkazib yubormang.

IT Park Uzbekistan va Astana Hub Central Eurasia Market Entry dasturi bo‘yicha O‘zbekiston startaplari uchun maxsus onlayn infosessiya tashkil etmoqda.


Mazkur onlayn sessiyada dastur bo‘yicha barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Sessiyani Almaty Hub Ta’lim va biznes dasturlari ofisi bosh menejeri Aray Tlekeeva olib boradi.

4-avgust | 16:00

Eslatma: Central Eurasia Market Entry dasturiga arizalar 16-avgustgacha qabul qilinadi.

Sessiyaga qo‘shiling

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 3
👏 2
🎉 2
30 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

StartupBase

5.7K
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Открыть в Telegram