Startup Fails #2: Musical.ly
Muvaffaqiyatsiz g‘oyadan milliard dollarlik startap qilish mumkinmi?
Asos solingan:
2014
Yopilgan:
2018
Jalb qilingan investitsiya:
$150.4 mln
Sotib olish qiymati:
$800 mln-$1 mlrd
Asoschilar
Aleks Ju va Luyu Yang muvaffaqiyatsizlikka uchragan ta’lim ilovasidan pivot qilib, Musical.ly’ni yaratdi. Seed investitsiyasining 10% dan ham kam qismi qolgan bir paytda ular ilovaning ilk versiyasini atigi 30 kun ichida ishlab chiqdi.
G‘oya
Bu foydalanuvchilar 15-60 soniyalik lip-sync videolar yaratadigan qisqa video platformasi edi.
2016-yilga kelib Musical.ly 130 million foydalanuvchi va 40 million oylik faol auditoriyaga ega edi va dunyodagi eng tez o‘sayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.
Nega tugatildi?
• 2017-yilda ByteDance Musical.ly’ni $800 mln-$1 mlrd evaziga sotib oldi.
• Ikki deyarli bir xil ilovani alohida rivojlantirish o‘rniga, ByteDance Musical.ly’ni TikTok bilan birlashtirdi.
• Musical.ly’ning foydalanuvchilari, kontent yaratuvchilari va funksiyalari TikTok’ka o‘tkazildi.
Keyinchalik aynan TikTok dunyodagi eng yirik qisqa video platformasiga aylandi.
Startap sabog‘i
Birinchi g‘oyangizga haddan tashqari bog‘lanib qolmang.
Musical.ly asoschilari avvaliga muvaffaqiyatsiz ta’lim ilovasidan voz kechib, yangi yo‘nalishni tanladi.
Ba’zida eng katta muvaffaqiyat qachon pivot qilish kerakligini bilishdan boshlanadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram