avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 13:00
🇸🇦 Startapingiz bilan Riyoddagi LEAP 2026’da ishtirok eting

Saudiya bozoriga chiqib, global investorlar bilan aloqa o‘rnatishga tayyormisiz?

31-avgustdan 3-sentabrgacha O‘zbekistondan saralangan kompaniyalar MENA mintaqasidagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — LEAP 2026’da mamlakatimizni namoyish etadi.

IT Park’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi ko‘magida ishtirokchilar maqsadli biznes uchrashuvlarda qatnashib, Digital Uzbekistan tadbirida mahsulotlarini potensial mijozlarga namoyish etadi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
alohida ko‘rgazma stendi;
sammitda bepul ishtirok etish;
media va marketing ko‘magi;
maxsus networking va biznes uchrashuvlar;
tashrif davomida IT Park’ning Riyoddagi vakolatxonasi ko‘magi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin? (6 ta joy mavjud)

mahsulotini jonli namoyish etishga tayyor startaplar;
ingliz tilidagi mahsulot interfeysiga ega kompaniyalar;
xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;
tadbirda ishtirok etishga tayyor founderlar yoki C-level rahbarlar;
tayyor Go-to-Market strategiyasiga ega jamoalar.

Arab tilidagi interfeys, mavjud savdo natijalari, xalqaro mijozlar va tayyor promo materiallar ustunlik beradi.


Riyod, Saudiya Arabistoni
2026-yil 31-avgust – 3-sentabr

Ishtirok etish

Saudiya Arabistonidagi investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 4
😍 2
👍 1
🙏 1
35 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

StartupBase

5.7K
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Открыть в Telegram