Qozog‘iston bozoriga chiqishni rejalashtiryapsizmi?
Central Eurasia Market Entry dasturi tayyor mahsulotga ega xalqaro B2B-startaplarni Olmaotada bo‘lib o‘tadigan 12 haftalik akseleratsiya dasturida ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Dastur doirasida siz Qozog‘iston bozoridagi talabni sinab ko‘rish, mahsulotingizni mahalliy bozorga moslashtirish, mijozlar va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Tanlangan startaplar quyidagilarga ega bo‘ladi:
SAFE modeli asosida $20 000 investitsiya
Jamoaning 2 nafar a’zosi uchun co-living turar joyi
Mahalliy korporatsiyalar, soha ekspertlari va investorlar bilan uchrashuvlar
Individual treking, bozorni validatsiya qilishda ko‘mak va Demo Day’da ishtirok etish imkoniyati
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Tayyor mahsulot va tasdiqlangan bozor talabiga (traction) ega B2B-startaplar
PMF yoki Scale bosqichidagi jamoalar
Qozog‘iston bozoriga chiqish va mahalliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor founderlar
Olmaotada 12 haftalik dasturda oflayn ishtirok etishga tayyor CEO yoki hammuassislar
Olmaota, Qozog‘iston |
1-sentabr
Ro'yxatdan o'tish
Arizalar
16-avgustgacha qabul qilinadi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram