Poytaxtdan tashqaridagi eng yirik IT-Park binosida Qoraqalpog'istonlik yoshlarga yuqori daromad topishlariga qo'shimcha sharoitlar yaratilmoqda. @shmirziyoyev23334
Davlatimiz Rahbari
Beknazar Abdikamalovga o'xshab Amazon kabi xalqaro kompaniyadagi yaxshi oylikli ishini tashlab, o'z yurtida xalqaro darajadagi startapini yo'lga qo'yib rivojlanmoqchi bo'lgan yoshlarimiz ko'payishi uchun ham joylarda bu kabi sharoit yaratilishi zarurligini alohida ta'kidladilar. Beknazar yosh bo'lishiga qaramay o'zining o'rtog'i bilan ochgan
startapiga millionlab dollar sarmoya kiritishga muvaffaq bo'lgan Qoraqalpoqlik yoshlarimizdan.
Meta, ya'ni Facebook* tomonidan Osiyodagi birinchi startapga investitsiya kiritilgani haqidagi
Forbesdagi maqolada bu haqida batafsilroq yozilgan:
https://www.forbes.com/sites/catherinewang/2022/05/04/meta-makes-first-asia-investment-with-mental-health-startups-3-million-seed-round/
Yana eng qiziq tomoni ushbu startapni dasturiy qismini aynan o'zimizni yoshlarimiz yaratishgan! Beknazarning LinkedIndagi profili:
https://www.linkedin.com/in/abdik
Bizning yoshlarimizning salohiyati juda keng! Faqat yuqori maqsadlar qo'yib tirishqoqlik bilan harakat qilishlari kerak!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram