avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 06:22
#StartupMythBusters

Mif: Funksiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahsulot shuncha yaxshi.

Aslida: Foydalanuvchilar uchun funksiyalar soni emas, muammoni tez va oson hal qilish muhim.

Buni Snapchat va Payme misolida ko‘rib chiqamiz.

Snapchat paydo bo‘lganida, ko‘pchilik uni juda sodda deb hisoblagan. Ilovada boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar lentasi, o‘yinlar, guruhlar va ko‘plab sozlamalar yo‘q edi.

Jamoa ortiqcha funksiyalardan ongli ravishda voz kechib, bitta imkoniyatga — o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan xabarlarni tezkor almashishga e’tibor qaratdi.

Aynan shu soddalik Snapchat’ga millionlab foydalanuvchilarni jalb qilish va yangi muloqot formatini yaratishga yordam berdi.

Payme ham shunga o‘xshash yondashuvni tanladi. Dastlab servis barcha moliyaviy xizmatlarni bitta ilovada birlashtirishga urinmadi.

Avval jamoa eng talabgir yo‘nalishlar — xizmatlar uchun to‘lov va pul o‘tkazmalariga e’tibor qaratdi. Yangi imkoniyatlar foydalanuvchilar ehtiyojiga qarab bosqichma-bosqich qo‘shildi.

Bugungi kunda Payme — O‘zbekistondagi eng ommabop FinTech servislaridan biri.


Eng yaxshi mahsulotlar funksiyalar soni bilan emas, ulardan foydalanish qanchalik osonligi bilan ajralib turadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 5
🙏 1
😍 1
3 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

StartupBase

5.7K
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Открыть в Telegram