avatar
StartupBase
@startupbaseuz
30.07.2026 15:16
Pekin chorlamoqda: HICOOL 2026 uchun O‘zbekiston startap delegatsiyasiga qo‘shiling

Xitoy bozoriga chiqish va xalqaro investorlar bilan aloqa o‘rnatishni istaysizmi?

IT Park Uzbekistan startaplar, investorlar va innovatsiya yetakchilarini birlashtiruvchi HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit uchun milliy startap delegatsiyasini shakllantirmoqda.

Saralangan startaplar:
O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z stendiga ega bo‘ladi;
sammit forumlarida pitch qilish imkoni;
ochilish marosimi va HICOOL 2026 taqdirlash marosimida qatnashadi;
Pekin bo'yicha tur.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Xitoy va Osiyo bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari;
AI va robototexnika, dasturiy ta’minot va IT, IoT va aqlli shaharlar, chiplar va kvant texnologiyalari, FinTech, BioTech, MedTech yoki AgriTech yo‘nalishidagi startaplar;
mahsulotining ingliz tilidagi versiyasiga ega, jonli demo namoyish etishga tayyor hamda founder yoki C-level rahbar tomonidan taqdim etiladigan kompaniyalar.

HICOOL 2026 doirasidagi 70 dan ortiq tadbirda 50 ta mamlakatdan 600 ta eksponent, 1,000 dan ortiq investor, 300 ta yetakchi kompaniya va 50,000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etadi.


Safar va yashash xarajatlari ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

Pekin, Xitoy
2026-yil 26–29-avgust
Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi

Startapingizni Xitoyning yetakchi innovatsion platformalaridan biriga olib chiqing.

Ro‘yxatdan o‘ting

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
🔥 6
😍 2
🤩 1
43 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

StartupBase

5.7K
This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Открыть в Telegram