500 Global akseleratoriga qo‘shilish imkoniyatingiz
500 Global
Eurasia Accelerator Batch 11 uchun arizalar qabulini davom ettirmoqda.
Bu — Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropadagi istiqbolli texnologik startaplar uchun mo‘ljallangan dunyodagi
eng nufuzli akselerator dasturlaridan biri.
Dastur kimlar uchun?
dastlabki daromadga ega startaplar;
ishlaydigan MVP yoki funksional prototipga ega jamoalar;
global bozorga chiqish salohiyatiga ega mahsulotlar;
kuchli va turli kompetensiyalarga ega asoschilar jamoasi;
venchur investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga ega loyihalar.
Dastur 12 hafta davom etadi va Tbilisidagi oflayn bosqichlar hamda onlayn mentorlik sessiyalarini o‘z ichiga oladi.
Agar siz dasturga muvaffaqiyatli qabul qilinib, uni tamomlasangiz, “Raqamli Startaplar Dasturi” doirasida aviachiptalar va yashash xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismini qoplash imkoniyati mavjud.
Ariza topshirishga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun IT Park jamoasi va uning xalqaro hamkorlaridan mentorlik yordamini olish maqsadida biz bilan bog‘laning.
Dastur haqida batafsil
Priority Deadline — 2-avgust
Batch 11 dasturi
21-sentyabr kuni boshlanadi.
Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook* | Instagram* | Website
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram