avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
11.04.2026 13:03
Javobingizga qarab, yechim bilan ulashaman
💯 31
🔥 18
5
💘 5
46 8 3.5K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
11.04.2026 12:58
Achchiq haqiqat

Nega motivatsion kitoblar sizni boy qilmadi?

Agar faqat kitob o'qib millioner bo'lish mumkin bo'lganida, kutubxonachilar dunyodagi eng boy odamlar bo'lardi.
Boy bo'lishning tayyor shabloni yo'q, chunki u sizning qayerda, qaysi zamonda va qanday vaziyatda ekanligingizga bog'liq. Lekin hayotda eng ko'p ishlaydigan yagona

FORMULA bor:

MUVAFFAQIYAT = MEHNAT + TAVAKKAL + OMAD

1. Sifatli Mehnat (Faqat ter to'kish emas)
Mehnatkashlarning hammasi ham boy bo'lib ketmaydi, lekin boylarning deyarli barchasi mehnatkash. Kunning 24 soati kompyuterga termulishgina mehnat emas. Fikrlash, kitob o'qish, kerakli odamlar bilan suhbatlashish, mijozni eshitish — bularning barchasi bitta aniq maqsadga yo'naltirilgan samarali mehnatdir.

2.Tavakkal (Qo'rquvni yengish)
Aksariyat mehnatkashlarga aynan shu yetishmaydi. Tavakkal — natijasi noma'lum ishga resurs tikish. O'qilmasligini bilsangiz ham post yozish, daromad keltirmasligini bilsangiz ham yangi loyiha boshlash.
Hamma ishingiz sizga kafolatlangan pul keltirishini kutsangiz, bozordagi o'rtacha narxdan uzoqqa keta olmaysiz.
Faylasuf Lixtenberg aytganidek: "O'rgimchak pashsha kelish-kelmasligini bilishdan oldin to'rini to'qib qo'yadi." (Maslahat: Har qanday yangi ishda avvaliga bor imkoniyatingizning 20% ini tavakkalga sarflab ko'ring).

3.Ikkita Omad
Boyish siri haqida gap ketganda ko'pincha "omadi keldi" deyishadi. Aslida omadning ikki turi bor:
Ichki omad: Sog'lom aqlimiz, tinch yurtda yashayotganimiz, matnning qadrini tushuna olayotganimiz. Bu sizda allaqachon bor!
Tashqi omad: Hayot taqdim etadigan imkoniyatlar oynasi. Katta tajriba to'plash imkoni, yaxshi ustozga shogird tushish yoki o'sayotgan bozorga to'g'ri kelib qolish.

Xulosa o'rnida: Omad har kimga kelishi mumkin, boyish va boy holda qolish esa har xil narsalar. Tayyorgarlik — har kungi halol mehnat va to'g'ri qilingan tavakkal ortidan keladi. O'limdan oldin inson boy yashamaganidan emas, o'z salohiyatidan to'la foydalanmaganidan afsuslanadi.
👍 45
19
🔥 11
❤‍🔥 4
💯 3
🤔 1
7 67 3.7K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
31.03.2026 18:48
157
👍 69
🔥 27
31 145 13.9K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
26.03.2026 13:54
Telegram орқали АҚШ акцияларига инвестиция қилишни тўлиқ йўриқномаси.

Ҳаммаси 5 дақиқада

1️⃣ Telegram’да @wallet деб қидиринг
2️⃣ Ботга кириб Start / Начать ни босинг
3️⃣ Қоидаларга рози бўлиб, давом этинг

Сизга автоматик крипто кошелёк очилади

4️⃣ Код-пароль қўйинг (камида 4 рақам)
5️⃣ Email киритинг ва кодни тасдиқланг
6️⃣ Face ID ёки қўшимча ҳимояни ёқинг

Кейин:
— Телефон рақамингизни қўшинг
— Давлатни танланг (Uzbekistan)

Энди энг муҳими:
— Камида $10 киритинг
— Исталган крипто актив сотиб олинг

7- Кошелёкка киринг → Пополнить ни босинг

8 Валюта: UZS танланг
— Метод: Банковская карта

9 - Қанча пул киритишни ёзинг (масалан $10–15)
Автоматик сумда ҳисоблаб беради

10 - Купить USDT ни босинг
— HUMO / VISA / MasterCard маълумотларини киритинг
— Тўловни тасдиқланг

Тайёр: сизда USDT пайдо бўлади

11 - энди крипто сотиб олинг (масалан XRP)
Бу аккаунтни активлаштириш учун керак

12 - Главный экранга қайтинг
— “Получить до $10” ни босинг
— Бонусни олинг

Менга +2$ бонус тушди (олтин шаклида)

13 - (ЭНГ МУҲИМ) Главнаядаги “Акции США” баннерини босинг

-Сиз навбатга тушасиз
— Кимдадур тез очилади
— Кимдадур 3–7 кун кетади

Ҳозир жуда катта спрос
Шу учун сабр қилинг — очилиши аниқ

Очилгандан кейин
мен сизга АҚШ акцияларни қандай олишни ҳам ўргатими?
👍 415
🔥 91
70
❤‍🔥 24
😍 11
😢 4
💯 3
💘 3
304 658 18.9K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
19.03.2026 20:48
Nega qattiqqo‘l onalarning qizlari hayotda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi?

Garvard olimlari yangi tadqiqot o'tqazishib, shunday xulosaga kelishdi: talabchan onalar tarbiyasida o‘sgan qizlar — ham ishda, ham pul topishda ham oilada katta natijalarga erishadi.

Buning siri qattiq nazoratda emas, balki mas’uliyat va intizomda.

Bu qizlar yoshligida nimalarni o'rganadi?

1.E’tibor qozonish emas, mas’uliyat olish. Ular qarsaklar uchun emas, maqsad uchun harakat qiladi. Muammo chiqsa — aybdor qidirmaydi, yechim topadi. Vazifa berildimi — demak, u oxiriga yetadi.

2.Taslim bo‘lmaslik. Yumshoq tarbiya qulaylik yaratsa, talabchan tarbiya "ichki yadro"ni shakllantiradi. Bunday qizlar qiyinchilikda yechilib ketmaydi, aksincha, bosim ostida yanada kuchliroq bo'lishadi.

3.Iroda kuchi. Iste'dod — bu shunchaki imkoniyat, intizom esa — natija. Talabchan tarbiya ko'rgan qizlar charchashni emas, yutishni o'rgangan. Ular yordam so'rashga qiynalishi bor gap, lekin aynan shu "mustaqillik" ularni boshqalardan bir necha qadam oldinga olib chiqadi.

Agar bolaligingizda onangizning ko'p urishib, ko'yib, mehnat qildirib, "ish qisen o'lib qolmaysan, o'lib qolganimda man o'lgan bo'lardim. Odam bo'lasan, keyin rahmat aytasan��, farosatini yoq" degan gaplari joningizga tekkan bo'lsa — balki bugun aynan shu gaplar SIZNI "yengilmas" qilib tarbiyalagandir?

Sizning onangiz ham talabchan bo'lganmi? Bu tarbiya bugungi hayotingizda qanday yordam beryapti?
337
❤‍🔥 40
💯 40
👍 30
🔥 20
9
😢 6
74 602 27.2K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
18.03.2026 10:36
Milliarderlarim, telegram wallet haqida yo'riqnoma tayyorlanoqdaman. Faqat azgina vaqt kerak. Sizga bu yo'nalish qiziqmi?
❤‍🔥 516
🔥 150
94
👍 76
😍 5
💘 2
477 245 18.9K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
18.03.2026 09:15
37 yoshgacha anglagan 3 ta xulosam:

1. Vaqt — Eng xolis hakam

Odamlarni fosh qilishga, ularni darrov "yomon"ga chiqarishga urinmang. Sabr qiling.
Qur'onda shunday marhamat qilinadi: "Sabr qiling! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir" (Anfol, 46). Vaqt o'tishi bilan haqiqat botildan baribir ajraladi.

Bugun sizni aldagan yoki ustingizdan kulganlar, 5 yildan keyin hayotning o'zi tomonidan "imtihon" qilinganiga guvoh bo'lasiz. Shunchaki kuzating va arqonnu uzun tashlab qo'ying.

2. Kichik harakatlarning "Kapalak effekti"
Bizning har bir kichik yaxshiligimiz yoki e'tiborimiz yillar o'tib ulkan natija bo'lib qaytadi.

"Kapalak effekti"— dunyoning bir chekkasidagi kapalakning qanot qoqishi, boshqa chekkasida dovulga sabab bo'lishi mumkin.

Birgina insonga qilingan kichik yordam yillar o'tib sizga eng katta hamkor yoki do'stni taqdim etadi. Hech bir harakat izsiz ketmaydi! Bu dunyo qaytar dunyo!

3. "Bu ham o'tib ketadi" (Entropiya qonuni)

Hozirgi qiyinchilik ichida qolib ketadigandek o'zizzi his qilyapsizmi?

Fizikadagi Termodinamikaning ikkinchi qonunini eslang: hamma narsa o'zgaradi va tartibsizlikdan yangi tartibga o'tadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson eng og'ir stressli voqeani 1 yildan keyin shunchaki "xotira" sifatida qabul qiladi.

"Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir" (Sharh, 5). Bu — koinotning o'zgarmas qonuni.

ASOSIY XULOSA:

Vaqt sekin o'tayotgan bo'lsa — demak, siz hali yoshsiz. Vaqt uchib ketayotgan bo'lsa — demak, siz hayotning dinamikasini anglabsiz.

Dinamik dunyoda yashash — bu "Hech narsa abadiy emas" deganidir.
• Qiyinchilik keldimi? O'tib ketadi, chunki dunyo harakatda.
• Omad keldimi? Uni ushlab qolish uchun harakat qil, chunki dunyo to'xtab turmaydi.
Soddaroq aytganda: Hayot — bu rasm emas, bu — VIDEO. Har bir soniyada kadr o'zgarib turadi. Shuning uchun bugungi qiyinchilikdan qo'rqmang, bugungi yutuqqa esa kerilmang.

Eng asosiysi: Bugun mag'lub bo'lganlar ertaga g'olib bo'lishi, bugun "zo'rman" deganlar ertaga chetda qolishi mumkin. Chunki dunyo dinamik!

Gaplarimga qo'shilasizmi?
🔥 389
💯 187
140
👍 67
❤‍🔥 20
6
💘 5
🤔 3
😢 2
64 286 18.5K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
15.03.2026 20:54
Va'daga vafo!

Hayot Algoritmini Sozlash Formulasi:

Miyangiz — bu YouTube. Nimani qidirsangiz, hayot o‘shani "tavsiya" qilaveradi. Algoritmni baxtga sozlash uchun:
1. "Search"ni tozalang (Niyat)
Ertalab turganingizda: "Bugun faqat yaxshilik va imkoniyat qidiraman" deb niyat qiling.
Hadis: "Amallar niyatga bog‘liqdir."(Buxoriy)
Natija: Nima qidirsangiz, o‘shani topasiz.

2. "Like" tugmasini to‘g‘ri bosing (Shukur)

Algoritm siz nimaga uzoqroq qarasangiz, o'shani yoqtiradi deb o'ylaydi. Agar siz noshukurlik qilib, yo'q narsalarga fokus qaratsangiz, hayot sizga "yetishmovchilik" kontentini ko'paytirib beradi.
Oyat: "Agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman" (Ibrohim surasi, 7-oyat).
Amaliy metod: "3 ta shukr" qoidasi. Har kuni kechasi "Tarixni" (history) tozalang. Bugun sodir bo'lgan 3 ta kichik bo'lsa ham yaxshi voqeani yozing. Bu — miyangizga "Mana shunday narsalarni ko'proq ko'rsat" degan buyruqdir.

3. "Not Interested"ni ishlating (Sabr)
Yomon "tavsiya" chiqishi bilan unga bosmang (e'tibor bermang). Salbiy fikr keldimi? Uni "Not interested" qilib yuboring.
Hadis: "Mo‘min kishining ishi qiziq: agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi — bu unga xayrli bo‘ladi. Agar unga musibat yetsa, sabr qiladi — bu ham unga xayrli bo‘ladi"

Xulosa:

Milliarderim, hayot — bu juda aqlli algoritm. U sizning noliishingizga ham, shukringizga ham bir xil "Labbay!" deb javob beradi.
Agar muammo qidirsez — "Muvaffaqiyatsizliklar" pleylistini chiqarib beradi.
Agar imkoniyat qidirsez — "Zafar va Baxt" trendiga olib chiqadi.

Esingizda bo'lsin:

Siz ko'rayotgan dunyo — asl dunyo emas, bu sizzi "qidiruv tarixing" (search history). Agar sizning "qidiruv tarixingizda" faqat gina, adovat va kamchiliklar bo'lsa, hayot sizga jannatda ham muammo topib beradi..

Agar Sizning hayotingiz YouTube’dagi bir video bo‘lsa, odamlar uni oxirigacha ko‘rib 'obuna' bosarmidi yoki 5 sekundda 'boshqasiga' tugmasini bosarmidi?"
384
🔥 73
👍 43
19
❤‍🔥 17
😢 7
💯 3
59 614 20.7K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
11.03.2026 23:18
Hayot — xuddi YouTube algoritmidek ishlaydi!

Nimaga ko‘proq e'tibor qaratsangiz (yaxshilikka yoki yomonlikka), miyangiz ertaga xuddi shundan ko‘proq "tavsiya" qila boshlaydi.
• Internet kim uchundir axlatxona, kim uchundir universitet.
• Hayotda ham hamma narsani ko‘rmaymiz — faqat o‘zimiz qidirganimizni ko‘ramiz.
• Shuning uchun kimdir urushda ham quvonch topadi, kimdir tinchlikda ham xo‘mrayib yuradi.

Donolarimiz aytganidek: "Baxtli bo‘lish uchun tom, non va sog‘liq kifoya." Seneka esa eng zo'r xulosani bergan: "O‘zingni baxtsiz deb o‘ylasang, aslida vaziyat qandayligining nima farqi bor?"

Xulosa o‘rnida...
E-h, shuncha falsafa, formula-yu qiyin gaplar... Aslida hammasini bitta so'z bilan tushuntirsa bo‘lardi:

Hayoting — bu sening qidiruv tarixing (search history)!

Nima qidirsang — shuni topasan. Nimaga "layk" bossang — hayot o'shani senga "tavsiya" qilaveradi.

Algoritmni o'zgartirmoqchimisiz? Miyamizdagi o'sha "diqqat filtrini" qanday qilib baxtga va natijaga sozlash mumkinligi haqida amaliy metodlarni yozaymi?

❤️ 1000 yetsa metodni formulasini yozib yuboraman☺️
1126
👍 109
29
❤‍🔥 23
🔥 22
😍 17
💯 4
😢 1
123 148 18.7K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
09.03.2026 12:20
SIZDAGI "ODDIYLIK" — KIMNINGDIR USHALMAS ORZUSI!

Tasavvur qiling:
Ko'zi ojiz inson "Bugun ko'rish imkoni berilsa nima qilarding?" degan savolga: "Kino ko'rardim" emas, "Tabiatni, daraxtlarni to'yib tomosha qilardim" deb javob beradi.

Oyog'i yo'q inson uchun eng katta baxt — yugurish uchun yangi dorojka emas, shunchaki ko'chaga chiqib o'z oyog'ida yurishdir.

Siz har kuni bepul foydalanadigan, "oddiy" deb qaraydigan narsalaringiz — dunyodagi millionlab insonlar uchun eng katta mo'jiza.


Baxtning fundamental formulasi:

Baxt=Nemat/Nafs*Shukur

Ne'mat: Sizda bor narsalar (sog'lik, oila, rizq).
Nafs: Doim ko'prog'ini xohlaydigan ochko'zlik.
Shukr: Bor narsani his qilish darajasi.

Fakt: Inson ko'zi 576 megapiksel aniqlikka ega. Hech qaysi iPhone yoki Samsung sizdagi bor "texnika"ga yetib kelolmaydi!

Xulosa:
Oddiy narsalardan zavq ololmaydigan odam, qimmatbaho matoh sotib olib ham hech qachon baxt topolmaydi.

Bugun boringda mazza qiling, qadriga yeting. Chunki ertaga bu orzu bo'lib qolmasin.

Bugun Sizlarga mani eng sevimli "TOKI HAYOT EKANMIZ" filmini ulashmohchiman. Kamida 5 martta ko'rganman. Albatta ko'ring va yaqinlaringiz bilan ham jo'nating!


https://uzbeklar.biz/1590-toki-hayot-ekanmiz.html
194
🔥 26
👍 15
❤‍🔥 10
💯 9
2
😍 1
19 253 16.3K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
08.03.2026 21:41
BU YILGI ZAKOT HAQIDA QISQACHA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu yilgi zakot miqdorini 100 million so‘m deb belgiladi.
�� Kimlar zakot berishi shart?
Agar sizda ehtiyojlaringizdan tashqari:
100 mln so‘m pulingiz bo‘lsa;
✅ Yoki 85 gramm tillangiz bo‘lsa;
✅ Yoki 100 mln so‘mlik sotiladigan molingiz bo‘lsa.
�� Qancha beriladi?
Bor pulingizni 40 ga bo‘lasiz (ya’ni 2,5 foizini).
Masalan: 100 million so‘mi bor odam — 2,5 million so‘m zakot beradi.

Siz zakot berishga ulgurdizmi?
184
👍 73
🔥 24
❤‍🔥 6
45 278 16.9K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
06.03.2026 10:37
Shohida Ibragimova Фото: ОЛТИНГА САРМОЯ КИРИТАЙМИ? ЎСАДИ ЁКИ ТУШАДИ? Бугун Ўзбекистон ички бозорида олтин нархи 2,5% га ошиб, 1 грамм учун 2 173 000 сўмлик тарихий рекордни янгилади. Ички бозордаги танқислик: Тошкентдаги деярли барча банкларда қуймалар тугаган. Ҳозирда фақат "Халқ банки"нинг Яккасарой филиалида захира мавжудлиги айтилмоқда. Бу иқтисодиётда "талабнинг таклифдан узилиши" дейилади — одамлар пулни сақлашнинг энг ишончли йўли сифатида олтинга ёпирилган. Глобал ва маҳаллий зиддият: Қизиқ факт шундаки, жаҳон бозорида олтин 5 400 доллардан 5 300 долларгача арзонлашди. Лекин бизда нарх кўтарилди. Сабаби: ички бозордаги юқори талаб ва миллий валютанинг қадрсизланиш хавфидан ҳимояланиш истаги жаҳон трендидан устун келди. Геосиёсий хавф: Эрон ва Яқин Шарқдаги кескинлик олтин нархига "хавфсизлик устамаси"ни қўшмоқда. Тарих давомида ҳар қандай ҳарбий низо даврида олтин нархи камида 15-20% га ошган. Инвесторлар ҳозир ана шу эҳтимолий ўсишни сотиб олишмоқда. Инфляцияга қарши қалқон: Олтин — узоқ муддатли (3-5 йил) истиқболда капитални сақлаб қолиш учун ягона кафолатли актив. Бозорга кириш нуқтаси: Ҳозир нарх энг баланд нуқтада.Бу қисқа муддатли фойда кўзлаганлар учун хавфли, лекин узоқ муддатли инвесторлар учун бу ҳали "йўлнинг боши" бўлиши мумкин. Хулоса: Ҳозирги рекорд нарх — келажакдаги янада баланд нархлар учун "паст нуқта" бўлиши мумкин. Лекин бозорга "қизиққонлик" билан киришдан эҳтиёт бўлиш лозим. Сизчи? Хозирги кунда нималарга Сармоя киритвоссиз?
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
06.03.2026 10:37
ОЛТИНГА САРМОЯ КИРИТАЙМИ? ЎСАДИ ЁКИ ТУШАДИ?

Бугун Ўзбекистон ички бозорида олтин нархи 2,5% га ошиб, 1 грамм учун 2 173 000 сўмлик тарихий рекордни янгилади.

Ички бозордаги танқислик: Тошкентдаги деярли барча банкларда қуймалар тугаган. Ҳозирда фақат "Халқ банки"нинг Яккасарой филиалида захира мавжудлиги айтилмоқда. Бу иқтисодиётда "талабнинг таклифдан узилиши" дейилади — одамлар пулни сақлашнинг энг ишончли йўли сифатида олтинга ёпирилган.

Глобал ва маҳаллий зиддият: Қизиқ факт шундаки, жаҳон бозорида олтин 5 400 доллардан 5 300 долларгача арзонлашди. Лекин бизда нарх кўтарилди. Сабаби: ички бозордаги юқори талаб ва миллий валютанинг қадрсизланиш хавфидан ҳимояланиш истаги жаҳон трендидан устун келди.

Геосиёсий хавф: Эрон ва Яқин Шарқдаги кескинлик олтин нархига "хавфсизлик устамаси"ни қўшмоқда. Тарих давомида ҳар қандай ҳарбий низо даврида олтин нархи камида 15-20% га ошган. Инвесторлар ҳозир ана шу эҳтимолий ўсишни сотиб олишмоқда.

Инфляцияга қарши қалқон: Олтин — узоқ муддатли (3-5 йил) истиқболда капитални сақлаб қолиш учун ягона кафолатли актив.

Бозорга кириш нуқтаси: Ҳозир нарх энг баланд нуқтада.Бу қисқа муддатли фойда кўзлаганлар учун хавфли, лекин узоқ муддатли инвесторлар учун бу ҳали "йўлнинг боши" бўлиши мумкин.

Хулоса: Ҳозирги рекорд нарх — келажакдаги янада баланд нархлар учун "паст нуқта" бўлиши мумкин. Лекин бозорга "қизиққонлик" билан киришдан эҳтиёт бўлиш лозим.

Сизчи? Хозирги кунда нималарга
Сармоя киритвоссиз?
124
🔥 26
8
80 150 16.5K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
06.03.2026 10:13
Shohida Ibragimova Албатта ўқинг! Бир ғамгин киши, донишманднинг ҳузурига келиб: – Айтингчи, мени қийнаётган бу ғам–ташвишлардан қутилишнинг бирор чораси борми? – дея, дардини достон қилди. – Аввал сен менинг икки саволимга жавоб бер, – деди. Киши донишмандга қараб: – Марҳамат сўранг! – деди. – Сен дунёга келган вақтингда сани қийнаётган шу муаммолар бор эдими? – деб сўради. – Йўқ, – Дунёдан кетар вақтингда шу ғам ташвишларни ўзинг билан бирга олиб кетасанми? – деди донишманд. У яна: – Йўқ, – деди. – Сен билан келмаган, сен билан кетмайдиган, нарса учун нечун ғам чекасан?! Сен дунё ишларида сабрли бўл! Назарингни ерга эмас, самога қарат! Шунда муродинг ҳосил бўлади. Табассум қил! Ризқинг ўлчаб қўйилган. Тақдиринг белгиланган. Дунё ишлари ғам чекишга арзимайди. Чунки у мудом Тирик ва абадий Зотнинг қўлидадир. Мутафаккирлардан бири: “Мўмин, икки ишнинг орасида яшайди. Бири енгиллик, иккинчиси қийинчиликдир. Агар билса, буларнинг ҳар иккиси ҳам, “неъмат” дир. Чунки енгилликда шукр қилиш бордир. Аллоҳ шукр қилувчиларни мукофотлар. (Оли Имрон 144) Қийинчиликда эса сабр қилиш имкони бор. Албатта сабр қилувчиларга мукофотлари беҳисоб берилур. Агар бахтли ҳаёт кечиришни истасанг, ҳамма нарсани тафтиш қилаверма, ҳамма нарсани аниқлаш учун текшириб кўраверма, ҳамма нарсани таҳлил қилаверма. Чунки, қимматбаҳо тошлар билан шуғулланувчилар олмосни ҳадеб таҳлил қилавергач, унинг асли кўмир эканлигини аниқладилар. 3 та қисқа хулоса: 0 — 0 формуласи: Дунёга ҳеч нарсасиз келдингиз (0), ҳеч нарсасиз кетасиз (0). Сиз билан келмаган ва сиз билан кетмайдиган ғам учун қайғуриш мантиқсиздир. Ҳаёт мувозанати: Мўмин киши икки ҳолатда яшайди: Яхшилик келса: Шукр қилади (савоб). Қийинчилик келса: Сабр қилади (ажр). "Албатта, сабр қилувчиларга мукофотлари беҳисоб берилур." (Зумар, 10) Кавлаштирманг: Ҳар бир нарсани титкилаб, таҳлил қилавериш бахтни ўлдиради. Худди олмосни обдан кавласанг, охири кўмир чиққанидек. Бахтли яшаш учун ҳамма нарсани суриштирмасдан, борича қабул қилиш керак. Сақлаб қолувчи формула: Бахт=Тақдирга розилик−Ортиқча таҳлил Дунёдан кетаётганда ўзингиз билан олиб кетолмайдиган нарса учун, нега бугунги бахтингиздан воз кечяпсиз?
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
05.03.2026 17:57
715 МИНГ СЎМ: Сиз камбағал эмассиз!

Статистика агентлиги 2026 йил учун янги рақамни эълон қилди: Энди юртимизда камбағаллик чегараси — 715 минг сўм.

Бу нима дегани ва бизга нима беради? Келинг, оддий тилда тушунтираман:

1. Бу қандай пул? Бу — бир кишининг бир ой давомида "қорни тўйиши" ва энг зарур эҳтиёжлари (нон-чой, кийим, свет-газ) учун керак бўлган энг минимал маблағ. Бу ўтган йилга нисбатан 6,88% га ошди дегани.

2. Кундалик ҳисоб-китоб: Агар 715 мингни 30 кунга бўлсак, кунига тахминан 24 минг сўмдан тўғри келади.

Бу пулга бугун бозорда нима олиш мумкин? Масалан: 2 та иссиқ нон, озгина картошка-пиёз ёки бир литр сут.

3. Нима учун бу рақам муҳим? Бу шунчаки статистика эмас. Давлат мана шу рақамга қараб пенсияларни, нафақаларни ва кам таъминланган оилаларга бериладиган ёрдам пулларини белгилайди. Яъни, энг кам тўловлар энди шу рақамдан паст бўлмаслиги керак.

Хулоса: Камбағаллик чегараси аҳолининг камбағал қатламини аниқлаб уларга моддий ёрдам бериш учун керак.
Энг муҳими, рўзғоримизда доим барака бўлсин!

Сизнингча, кунлик 24 минг сўмлик "истеъмол саватчаси"га яна нималарни қўшиш мумкин ?
😢 167
57
❤‍🔥 24
👍 23
🤔 19
8
154 92 18.3K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
03.03.2026 06:16
Албатта ўқинг!

Бир ғамгин киши, донишманднинг ҳузурига келиб:
– Айтингчи, мени қийнаётган бу ғам–ташвишлардан қутилишнинг бирор чораси борми? – дея, дардини достон қилди.
– Аввал сен менинг икки саволимга жавоб бер, – деди. Киши донишмандга қараб:
– Марҳамат сўранг! – деди.
– Сен дунёга келган вақтингда сани қийнаётган шу муаммолар бор эдими? – деб сўради.
– Йўқ,
– Дунёдан кетар вақтингда шу ғам ташвишларни ўзинг билан бирга олиб кетасанми? – деди донишманд. У яна:
– Йўқ, – деди.

– Сен билан келмаган, сен билан кетмайдиган, нарса учун нечун ғам чекасан?! Сен дунё ишларида сабрли бўл! Назарингни ерга эмас, самога қарат! Шунда муродинг ҳосил бўлади.
Табассум қил! Ризқинг ўлчаб қўйилган. Тақдиринг белгиланган. Дунё ишлари ғам чекишга арзимайди. Чунки у мудом Тирик ва абадий Зотнинг қўлидадир.

Мутафаккирлардан бири: “Мўмин, икки ишнинг орасида яшайди. Бири енгиллик, иккинчиси қийинчиликдир. Агар билса, буларнинг ҳар иккиси ҳам, “неъмат” дир. Чунки енгилликда шукр қилиш бордир.
Аллоҳ шукр қилувчиларни мукофотлар. (Оли Имрон 144)
Қийинчиликда эса сабр қилиш имкони бор.
Албатта сабр қилувчиларга мукофотлари беҳисоб берилур.

Агар бахтли ҳаёт кечиришни истасанг, ҳамма нарсани тафтиш қилаверма, ҳамма нарсани аниқлаш учун текшириб кўраверма, ҳамма нарсани таҳлил қилаверма. Чунки, қимматбаҳо тошлар билан шуғулланувчилар олмосни ҳадеб таҳлил қилавергач, унинг асли кўмир эканлигини аниқладилар.

3 та қисқа хулоса:

0 — 0 формуласи:
Дунёга ҳеч нарсасиз келдингиз (0), ҳеч нарсасиз кетасиз (0). Сиз билан келмаган ва сиз билан кетмайдиган ғам учун қайғуриш мантиқсиздир.
Ҳаёт мувозанати: Мўмин киши икки ҳолатда яшайди:
Яхшилик келса: Шукр қилади (савоб).
Қийинчилик келса: Сабр қилади (ажр).
"Албатта, сабр қилувчиларга мукофотлари беҳисоб берилур." (Зумар, 10)

Кавлаштирманг: Ҳар бир нарсани титкилаб, таҳлил қилавериш бахтни ўлдиради. Худди олмосни обдан кавласанг, охири кўмир чиққанидек. Бахтли яшаш учун ҳамма нарсани суриштирмасдан, борича қабул қилиш керак.

Сақлаб қолувчи формула:

Бахт=Тақдирга розилик−Ортиқча таҳлил

Дунёдан кетаётганда ўзингиз билан олиб кетолмайдиган нарса учун, нега бугунги бахтингиздан воз кечяпсиз?
439
👍 148
🔥 63
❤‍🔥 19
18
💯 18
59 776 29.5K
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
26.02.2026 21:45
82
👍 15
🔥 12
❤‍🔥 3
27 17.2K
avatar
Shohida Ibragimova
Переслано от канала
26.02.2026 21:42
“Qizlar forumi”ning yettinchi spikeri — Shohida Ibragimova!

Kuchli moliyaviy savodxonlik eksperti va eng kuchli strategik rahbar Shohida Ibragimova bilan moliyaviy savodxonlik bo‘gicha suhbatlashamiz. Suhbat jarayonida savollaringizga ustozdan javob olishingiz mumkin!

��
Suhbatlarni kutayotgan, qizlar, bittadan reaksiya bosing)

Loyihaning sahifalari:
Telegram | Instagram* | YouTube
386
🔥 81
👍 40
11
31 7 15.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
26.02.2026 15:56
Saqlab qo'ying va yaqinlarga jo'nating:

Закот — инсоният учун фойдали

Zakotim – Zakot kalkulyatori!

Koʻplab insonlar zakot beradi-yu lekin, zakotni qanday hisoblash kerakligi bilmaydilar.

Endi bir oʻylab koʻring, agar siz zakot bermasangiz biznesingizdan va roʻzgʻoringizdan qancha baraka ketishini bilasizmi?

Zakot beruvchi oluvchiga oz miqdorga zakot bergan taqdirda ham oluvchi yaratganga shukrona aytishi lozim. Chunki Haq taolo unga shu rizqni nasib etgan.

@shohida_ibragimova
111
👍 38
💯 14
🔥 9
❤‍🔥 5
😍 2
8 133 13K

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram