Nega qattiqqo‘l onalarning qizlari hayotda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi?
Garvard olimlari yangi tadqiqot o'tqazishib, shunday xulosaga kelishdi: talabchan onalar tarbiyasida o‘sgan qizlar — ham ishda, ham pul topishda ham oilada katta natijalarga erishadi.
Buning siri qattiq nazoratda emas, balki mas’uliyat va intizomda.
Bu qizlar yoshligida nimalarni o'rganadi?
1.E’tibor qozonish emas, mas’uliyat olish. Ular qarsaklar uchun emas, maqsad uchun harakat qiladi. Muammo chiqsa — aybdor qidirmaydi, yechim topadi. Vazifa berildimi — demak, u oxiriga yetadi.
2.Taslim bo‘lmaslik. Yumshoq tarbiya qulaylik yaratsa, talabchan tarbiya "ichki yadro"ni shakllantiradi. Bunday qizlar qiyinchilikda yechilib ketmaydi, aksincha, bosim ostida yanada kuchliroq bo'lishadi.
3.Iroda kuchi. Iste'dod — bu shunchaki imkoniyat, intizom esa — natija. Talabchan tarbiya ko'rgan qizlar charchashni emas, yutishni o'rgangan. Ular yordam so'rashga qiynalishi bor gap, lekin aynan shu "mustaqillik" ularni boshqalardan bir necha qadam oldinga olib chiqadi.
Agar bolaligingizda onangizning ko'p urishib, ko'yib, mehnat qildirib, "ish qisen o'lib qolmaysan, o'lib qolganimda man o'lgan bo'lardim. Odam bo'lasan, keyin rahmat aytasan��, farosatini yoq" degan gaplari joningizga tekkan bo'lsa — balki bugun aynan shu gaplar SIZNI "yengilmas" qilib tarbiyalagandir?
Sizning onangiz ham talabchan bo'lganmi? Bu tarbiya bugungi hayotingizda qanday yordam beryapti?
Обсуждение 74
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram