avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
11.03.2026 23:18
Hayot — xuddi YouTube algoritmidek ishlaydi!

Nimaga ko‘proq e'tibor qaratsangiz (yaxshilikka yoki yomonlikka), miyangiz ertaga xuddi shundan ko‘proq "tavsiya" qila boshlaydi.
• Internet kim uchundir axlatxona, kim uchundir universitet.
• Hayotda ham hamma narsani ko‘rmaymiz — faqat o‘zimiz qidirganimizni ko‘ramiz.
• Shuning uchun kimdir urushda ham quvonch topadi, kimdir tinchlikda ham xo‘mrayib yuradi.

Donolarimiz aytganidek: "Baxtli bo‘lish uchun tom, non va sog‘liq kifoya." Seneka esa eng zo'r xulosani bergan: "O‘zingni baxtsiz deb o‘ylasang, aslida vaziyat qandayligining nima farqi bor?"

Xulosa o‘rnida...
E-h, shuncha falsafa, formula-yu qiyin gaplar... Aslida hammasini bitta so'z bilan tushuntirsa bo‘lardi:

Hayoting — bu sening qidiruv tarixing (search history)!

Nima qidirsang — shuni topasan. Nimaga "layk" bossang — hayot o'shani senga "tavsiya" qilaveradi.

Algoritmni o'zgartirmoqchimisiz? Miyamizdagi o'sha "diqqat filtrini" qanday qilib baxtga va natijaga sozlash mumkinligi haqida amaliy metodlarni yozaymi?

❤️ 1000 yetsa metodni formulasini yozib yuboraman☺️
1126
👍 109
29
❤‍🔥 23
🔥 22
😍 17
💯 4
😢 1
123 148 18.7K

Обсуждение 123

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram