Miyangiz — bu YouTube. Nimani qidirsangiz, hayot o‘shani "tavsiya" qilaveradi. Algoritmni baxtga sozlash uchun: 1. "Search"ni tozalang (Niyat)
Ertalab turganingizda: "Bugun faqat yaxshilik va imkoniyat qidiraman" deb niyat qiling.
• Hadis: "Amallar niyatga bog‘liqdir."(Buxoriy)
• Natija: Nima qidirsangiz, o‘shani topasiz.
2. "Like" tugmasini to‘g‘ri bosing (Shukur)
Algoritm siz nimaga uzoqroq qarasangiz, o'shani yoqtiradi deb o'ylaydi. Agar siz noshukurlik qilib, yo'q narsalarga fokus qaratsangiz, hayot sizga "yetishmovchilik" kontentini ko'paytirib beradi.
• Oyat: "Agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman" (Ibrohim surasi, 7-oyat).
• Amaliy metod:"3 ta shukr" qoidasi. Har kuni kechasi "Tarixni" (history) tozalang. Bugun sodir bo'lgan 3 ta kichik bo'lsa ham yaxshi voqeani yozing. Bu — miyangizga "Mana shunday narsalarni ko'proq ko'rsat" degan buyruqdir.
3. "Not Interested"ni ishlating (Sabr)
Yomon "tavsiya" chiqishi bilan unga bosmang (e'tibor bermang). Salbiy fikr keldimi? Uni "Not interested" qilib yuboring.
• Hadis: "Mo‘min kishining ishi qiziq: agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi — bu unga xayrli bo‘ladi. Agar unga musibat yetsa, sabr qiladi — bu ham unga xayrli bo‘ladi"
Xulosa:
Milliarderim, hayot — bu juda aqlli algoritm. U sizning noliishingizga ham, shukringizga ham bir xil "Labbay!" deb javob beradi.
Agar muammo qidirsez — "Muvaffaqiyatsizliklar" pleylistini chiqarib beradi.
Agar imkoniyat qidirsez — "Zafar va Baxt" trendiga olib chiqadi.
Esingizda bo'lsin:
Siz ko'rayotgan dunyo — asl dunyo emas, bu sizzi "qidiruv tarixing" (search history). Agar sizning "qidiruv tarixingizda" faqat gina, adovat va kamchiliklar bo'lsa, hayot sizga jannatda ham muammo topib beradi..
Agar Sizning hayotingiz YouTube’dagi bir video bo‘lsa, odamlar uni oxirigacha ko‘rib 'obuna' bosarmidi yoki 5 sekundda 'boshqasiga' tugmasini bosarmidi?"
❤384
🔥73
👍43
⚡19
❤🔥17
😢7
💯3
59 614 20.7K
Обсуждение
59
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 59
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram