avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
18.03.2026 09:15
37 yoshgacha anglagan 3 ta xulosam:

1. Vaqt — Eng xolis hakam

Odamlarni fosh qilishga, ularni darrov "yomon"ga chiqarishga urinmang. Sabr qiling.
Qur'onda shunday marhamat qilinadi: "Sabr qiling! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir" (Anfol, 46). Vaqt o'tishi bilan haqiqat botildan baribir ajraladi.

Bugun sizni aldagan yoki ustingizdan kulganlar, 5 yildan keyin hayotning o'zi tomonidan "imtihon" qilinganiga guvoh bo'lasiz. Shunchaki kuzating va arqonnu uzun tashlab qo'ying.

2. Kichik harakatlarning "Kapalak effekti"
Bizning har bir kichik yaxshiligimiz yoki e'tiborimiz yillar o'tib ulkan natija bo'lib qaytadi.

"Kapalak effekti"— dunyoning bir chekkasidagi kapalakning qanot qoqishi, boshqa chekkasida dovulga sabab bo'lishi mumkin.

Birgina insonga qilingan kichik yordam yillar o'tib sizga eng katta hamkor yoki do'stni taqdim etadi. Hech bir harakat izsiz ketmaydi! Bu dunyo qaytar dunyo!

3. "Bu ham o'tib ketadi" (Entropiya qonuni)

Hozirgi qiyinchilik ichida qolib ketadigandek o'zizzi his qilyapsizmi?

Fizikadagi Termodinamikaning ikkinchi qonunini eslang: hamma narsa o'zgaradi va tartibsizlikdan yangi tartibga o'tadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson eng og'ir stressli voqeani 1 yildan keyin shunchaki "xotira" sifatida qabul qiladi.

"Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir" (Sharh, 5). Bu — koinotning o'zgarmas qonuni.

ASOSIY XULOSA:

Vaqt sekin o'tayotgan bo'lsa — demak, siz hali yoshsiz. Vaqt uchib ketayotgan bo'lsa — demak, siz hayotning dinamikasini anglabsiz.

Dinamik dunyoda yashash — bu "Hech narsa abadiy emas" deganidir.
• Qiyinchilik keldimi? O'tib ketadi, chunki dunyo harakatda.
• Omad keldimi? Uni ushlab qolish uchun harakat qil, chunki dunyo to'xtab turmaydi.
Soddaroq aytganda: Hayot — bu rasm emas, bu — VIDEO. Har bir soniyada kadr o'zgarib turadi. Shuning uchun bugungi qiyinchilikdan qo'rqmang, bugungi yutuqqa esa kerilmang.

Eng asosiysi: Bugun mag'lub bo'lganlar ertaga g'olib bo'lishi, bugun "zo'rman" deganlar ertaga chetda qolishi mumkin. Chunki dunyo dinamik!

Gaplarimga qo'shilasizmi?
🔥 389
💯 187
140
👍 67
❤‍🔥 20
6
💘 5
🤔 3
😢 2
64 286 18.5K

Обсуждение 64

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram