Nega motivatsion kitoblar sizni boy qilmadi?
Agar faqat kitob o'qib millioner bo'lish mumkin bo'lganida, kutubxonachilar dunyodagi eng boy odamlar bo'lardi.
Boy bo'lishning tayyor shabloni yo'q, chunki u sizning qayerda, qaysi zamonda va qanday vaziyatda ekanligingizga bog'liq. Lekin hayotda eng ko'p ishlaydigan yagona
FORMULA bor:
MUVAFFAQIYAT = MEHNAT + TAVAKKAL + OMAD
1. Sifatli Mehnat (Faqat ter to'kish emas) Mehnatkashlarning hammasi ham boy bo'lib ketmaydi, lekin boylarning deyarli barchasi mehnatkash. Kunning 24 soati kompyuterga termulishgina mehnat emas. Fikrlash, kitob o'qish, kerakli odamlar bilan suhbatlashish, mijozni eshitish — bularning barchasi bitta aniq maqsadga yo'naltirilgan samarali mehnatdir.
2.Tavakkal (Qo'rquvni yengish)
Aksariyat mehnatkashlarga aynan shu yetishmaydi. Tavakkal — natijasi noma'lum ishga resurs tikish. O'qilmasligini bilsangiz ham post yozish, daromad keltirmasligini bilsangiz ham yangi loyiha boshlash.
Hamma ishingiz sizga kafolatlangan pul keltirishini kutsangiz, bozordagi o'rtacha narxdan uzoqqa keta olmaysiz.
Faylasuf Lixtenberg aytganidek: "O'rgimchak pashsha kelish-kelmasligini bilishdan oldin to'rini to'qib qo'yadi." (Maslahat: Har qanday yangi ishda avvaliga bor imkoniyatingizning 20% ini tavakkalga sarflab ko'ring).
3.Ikkita Omad
Boyish siri haqida gap ketganda ko'pincha "omadi keldi" deyishadi. Aslida omadning ikki turi bor:
• Ichki omad: Sog'lom aqlimiz, tinch yurtda yashayotganimiz, matnning qadrini tushuna olayotganimiz. Bu sizda allaqachon bor!
• Tashqi omad: Hayot taqdim etadigan imkoniyatlar oynasi. Katta tajriba to'plash imkoni, yaxshi ustozga shogird tushish yoki o'sayotgan bozorga to'g'ri kelib qolish.
Xulosa o'rnida: Omad har kimga kelishi mumkin, boyish va boy holda qolish esa har xil narsalar. Tayyorgarlik — har kungi halol mehnat va to'g'ri qilingan tavakkal ortidan keladi. O'limdan oldin inson boy yashamaganidan emas, o'z salohiyatidan to'la foydalanmaganidan afsuslanadi.
👍45
❤19
🔥11
❤🔥4
💯3
🤔1
7 67 3.7K
Обсуждение
7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram