Юрист Хизмати | Расмий канал
@Yurist_Xizmati
Malaka oshirishda bo‘lgan o‘qituvchiga daftar tekshirish va ustamalar hisoblanadimi?
@Yurist_Xizmati 5631-savol:
YURIST JAVOBI:
Sizning holatingizda malaka oshirish davrida ish haqining kamayib ketishi har doim ham qonuniy degani emas. Bu yerda avvalo malaka oshirish davrida qaysi to‘lovlar saqlanib qolishi kerakligini aniqlab olish lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 123-bandiga ko‘ra:
Demak, malaka oshirishga yuborilgan o‘qituvchining:
Mehnat kodeksining 257-moddasiga ko‘ra esa o‘rtacha ish haqini hisoblashda:
Sizning holatingizda 435 ming so‘m kam chiqishining sababi o‘rtacha ish haqi noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lishi, ayrim ustamalar hisobga olinmagan bo‘lishi, yoki may oyining bir qismi ishlangan, bir qismi malaka oshirish davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun buxgalteriyadan aynan:
Yuristga savol yuborish
Rasmiy kanalimiz
@Yurist_Xizmati
@Yurist_Xizmati 5631-savol:
Men maktabda o'qituvchi boʻlib ishlayman.may oyida malaka oshirishga yuborishdi. May o'yini oyligi 435 ming kam chiqayapdi.9 soat darsim 7 soat onatili oʻqish 2 soat jismoniy tarbiya.2 toifam bor onatili milliy sertefikatim bor. Sinfim yoʻq.malaka oshirish davri uchun nimalarga toʻlanadi va nimalarga to'lanmaydi.daftar tekshirdilarga to'lanmaydi.mi. tushuntirib bering iltimos.qoʻlga tegishi 2600000 olardi.m asli. 435 kam toʻladi may oyi.
81 yilman. 2002 yildan beri ishlayman. Oldin texnologiya fani bo'yicha texnikum edim keyin boshlang'ich bo'yicha oliyga oʻqidim.4 yildan beri boshlang'ich o'qituvchisi boʻlib ishlayman
Keyin 435ming toʻgʻri holatda olib qolinganmi .toʻgʻri boʻlsa asoslarini aytib bering
YURIST JAVOBI:
Sizning holatingizda malaka oshirish davrida ish haqining kamayib ketishi har doim ham qonuniy degani emas. Bu yerda avvalo malaka oshirish davrida qaysi to‘lovlar saqlanib qolishi kerakligini aniqlab olish lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 123-bandiga ko‘ra:
Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning o‘qishi davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, o‘quv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Demak, malaka oshirishga yuborilgan o‘qituvchining:
➖lavozimi saqlanadi;
➖o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Mehnat kodeksining 257-moddasiga ko‘ra esa o‘rtacha ish haqini hisoblashda:
➖xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.Shuning uchun malaka oshirish davrida o‘qituvchining o‘rtacha ish haqini hisoblashda faqat tarif stavkasi emas, balki o‘rtacha ish haqini shakllantirgan barcha doimiy to‘lovlar ham hisobga olinadi.
Agar siz may oyigacha 2-toifa uchun ustama, milliy sertifikat uchun ustama, daftar tekshirish uchun qo‘shimcha haq, boshqa doimiy to‘lovlarni olib kelgan bo‘lsangiz, ularning barchasi o‘rtacha ish haqini hisoblash bazasiga kiradi.
Shu sababli "siz malaka oshirishda bo‘lgansiz, daftar tekshirish puli to‘lanmaydi" degan javob ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Chunki malaka oshirish davrida sizga dars o‘tgani uchun emas, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. O‘rtacha ish haqi tarkibiga esa oldingi davrda olgan qonuniy mehnat daromadlaringiz kiritiladi.
Sizning holatingizda 435 ming so‘m kam chiqishining sababi o‘rtacha ish haqi noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lishi, ayrim ustamalar hisobga olinmagan bo‘lishi, yoki may oyining bir qismi ishlangan, bir qismi malaka oshirish davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun buxgalteriyadan aynan:
1. may oyi uchun hisob-kitob varaqasi;Malaka oshirishga yuborilgan o‘qituvchining o‘rtacha ish haqi saqlanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblashda esa faqat tarif stavkasi emas, balki oldingi 12 oyda olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, jumladan daftar tekshirish, toifa va sertifikat ustamalari ham inobatga olinadi.
2. o‘rtacha ish haqi hisob-kitobi;
3. malaka oshirish davri uchun qanday summa hisoblangani haqida ma'lumot so‘rash kerak.
Yuristga savol yuborish
Rasmiy kanalimiz
@Yurist_Xizmati
👍 12
🔥 1
158 9K