Kichik biznes subyektlariga chegaraviy miqdor 5 baravar oshirildi. Bu nima degani?
Prezidentning 2026-yil 28-maydagi PF-100-sonli farmoniga ko‘ra:
2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki ming baravari (4 mlrd 944 mln so‘m) etib belgilandi.
❓
Bu nima degani?
Bunga qadar kichik biznes subyektlarining tushumi
1 milliard so‘mgacha bo‘lganda soddalashtirilgan soliq rejimida ishlaydi. Ushbu chegaradan oshganda esa
QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tar edi.
Mazkur chegaraviy summa 2019-yilda belgilangan bo‘lib, o‘tgan davrda narxlar sezilarli ravishda oshgan. Natijada ayrim tadbirkorlar 1 milliard so‘mlik chegaraga yaqinlashganda aylanmani yashirish, chek bermaslik yoki biznesni bir nechta subyektga bo‘lish amaliyotiga o‘tmoqda. Bitta biznes uchun
bir nechta YTT ochilgan holatlar juda ko‘p.
Ya’ni baribir tadbirkorlar ushbu miqdorni aylanib o‘tish yo‘llarini qilishayotgan edi.
Endi 1-iyundan boshlab ushbu chegaraviy miqdor salkam 5 mlrd so‘mgacha oshirildi. Bu degani, tadbirkorlar
4-5 ta YTT ochgan bo‘lsa, shularning 1 ta asosiysini olib qolib, qolganini bemalol yopib yuborsa ham bo‘ladi. Soliq yukidan qochib, aylanma yo‘llar qidirishga hojat yo‘q.
O‘zgaruvchan va oshib boruvchi chegara
Bundan tashqari, mazkur chegaraviy miqdor aniq summa bilan emas, balki
bazaviy hisoblash miqdori bilan belgilandi. Bu degani inflyatsiyani hisobga olib, bazaviy miqdorlar oshirilganda chegaraviy miqdor ham oshib boraveradi.
Ya’ni 2019-yilda chegaraviy miqdor konkret 1 mlrd so‘m etib belgilangan. Lekin yillar davomida inflatsiya bo‘lganiga qaramay 1 mlrd so‘mlik chegara saqlanib qolavergan.
Hozir esa BHMning
12 ming baravari etib belgilandi. Bu shuni anglatadiki, chegaraviy miqdor dogma emas, u qotib qolmaydi, deyarli har yili oshib boraveradi.
Masalan, hozir BHM miqdori
412 ming so‘m.
Aytaylik, avgust oyida oyliklar oshib, BHM miqdori taxminan ham 10% ga oshirilib, 453 ming so‘m etib belgilandi deylik. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari uchun chegaraviy miqdor ham oshadi va
5 mlrd 436 mln so‘m bo‘ladi. Ya’ni har safar 10% ga oshganda, chegaraviy miqdor ham taxminan
500-600 mln so‘m atrofida oshib boraveradi.
Bejizga mutaxassislar va iqtisodchilar ushbu farmonni tadbirkorlar uchun hayitga haqiqiy sovg‘a deyishmadi.
Manba
Yuristga savol yuborish
Rasmiy kanalimiz
@Yurist_Xizmati
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram