avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
10.08.2026 12:02

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni davom ettirmoqda.

Hamkor oliy ta’lim muassasalari va yo‘nalishlar:

🇷🇺 Ural davlat iqtisodiyot universiteti
📘 Iqtisodiyot

🇨🇳 Sudjou texnologiya universiteti
📘 Yengil sanoat muhandisligi

🇰🇷 Kangwon milliy universiteti
📘 Xalqaro biznes boshqaruvi

🇰🇿 Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
📘 Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari

Qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari:
Ikki oliy ta’lim muassasasining ikki tomonlama diplomini qo‘lga kiritish imkoniyati;
Xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi zamonaviy dars mashg‘ulotlari;
Xalqaro standartlar asosidagi ta’lim va ilg‘or tajriba;
Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyati.

Muhim: Hujjat topshirish va kirish imtihonlarida ishtirok etish mutlaqo bepul.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 777 11 89
+998 91 788 97 00

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi, 5-uy.

🔗 Hujjat topshirish havolasi orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin.

#TTYSI_Qabul_2026
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
10 695
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
10.08.2026 10:45

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi dabom etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovi dabom etmoqda.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi

Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
24 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
10.08.2026 06:00

“35 000 TASHABBUS” — MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MEGA LOYIHA!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan ilgari surilgan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasii davom etmoqda.

Sizda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‘oya bormi? Unda uni amalga oshirish uchun ayni vaqti!

Jamiyat va davlat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya va tashabbuslaringizni loyiha doirasida taqdim eting.

Tashabbuslar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

- Ta’lim
- Fan
- Texnologiya
- Ekologiya
- Tadbirkorlik
- Madaniyat va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustga qadar qabul qilinadi.

Tashabbusingizni yuboring:
tashabbus.yito.uz

Katta o‘zgarishlar kichik tashabbusdan boshlanadi.

#TTYSI_35000_Tashabbus
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
👍 1
3 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
10.08.2026 04:04

TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni yashash joyi bilan ta’minlash hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha Ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur markaz orqali talabalar:
- talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy yordam olishlari;
- ijara xonadonlarini topish va tanlashda ko‘makka ega bo‘lishlari;
- yashash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutaxassislar tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin.

Markazning asosiy maqsadi talabalarning yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish, ularni qulay va xavfsiz yashash joylari bilan ta’minlash hamda turar joy masalasida yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal etishga xizmat qilishdan iborat.

Hurmatli talabalar! Agar siz talabalar turar joyiga joylashish yoki ijara xonadonini topish bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha Ma’lumotlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
3
👍 1
🔥 1
2 970
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
09.08.2026 10:30

IJARAGA UY OLISHDA OGOH BO‘LING!
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ijaraga uy izlayotganda turli firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, uning shart-sharoitlari bilan tanishmasdan hamda ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazmang!

Noma’lum shaxslarning va’dalariga ishonib, shoshilinch qaror qabul qilmang. Uy-joy egasi, ijara shartlari va hujjatlarni imkon qadar tekshirib ko‘ring.
_______
Eslatib o‘tamiz: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni yashash joyi bilan ta’minlash hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha Ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
5
👍 2
1 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
09.08.2026 05:03

YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ
“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi asosida qadimiy va boy tarixga ega Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Bugun institutning har bir fakulteti va jamoasi ilm-fan rivoji, ta’lim sifati va zamonaviy kadrlar tayyorlash jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va xalqaro hamkorliklar oliygoh faoliyatining muhim yo‘nalishlariga aylanib bormoqda.

Institutda tahsil olgan malakali va raqobatbardosh bitiruvchilar bugun mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
______
Institut Mediastudiyasi tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali institutning boy tarixi, bugungi salohiyati va kelajak sari intilishlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

Bir asrlik tajriba, zamonaviy ta’lim va innovatsiyalar maskani

Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti: 94 yillik an’ana, zamonaviy taraqqiyot va mustaqillik yutuqlari

Dizayn va texnologiyalar fakulteti — milliy an’analar va zamonaviy dizayn uyg‘unligi

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti — an’ana, innovatsiya va taraqqiyot uyg‘unligi

Iqtisodiyot fakulteti — taraqqiyot uchun bilim, tajriba va liderlik maktabi

#TTYSI_Mustaqillik_35_Yil
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
👍 3
🔥 1
👏 1
2 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
08.08.2026 12:50

TANLOVNING SO‘NGGI KUNI!

Tanlovning 2-bosqichi bugun, 8-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Qadrli bo’lajak talabalar tanlov qilishdan oldin o‘z imkoniyatingizni to‘g‘ri baholang!

Buning uchun “Kengaytirilgan qidiruv” xizmatidan yordamchi ma’lumot sifatida foydalanishingiz mumkin.
________
1932-yilda tashkil etilgan, davlat ta’lim muassasi bo’lgan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘tgan yilgi qabul ballari bilan ham tanishing va tanlovingizni shunga mos ravishda amalga oshiring.

#TTYSI_Qabul_2026
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
3
2
👍 2
7 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
08.08.2026 04:01

BIR ASRLIK TAJRIBA, ZAMONAVIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR MASKANI
1932-yilda tashkil etilgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti O‘zbekistonning to‘qimachilik, yengil sanoat, muhandislik, iqtisodiyot va dizayn sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik aloqalari bilan mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biriga aylandi.

Mustaqillik yillarida institut taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Zamonaviy o‘quv binolari, ilg‘or laboratoriyalar, ilmiy markazlar va raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etildi. Xalqaro universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvlar talabalarga jahon standartlari asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqda.

Bugungi kunda institutda To‘qimachilik muhandisligi, Dizayn va texnologiyalar, Sanoat texnologiyalari va mexanika hamda Iqtisodiyot fakultetlari faoliyat yuritib, to‘qimachilik muhandisligi, yengil sanoat texnologiyalari, moda va dizayn, mexanika, avtomatlashtirish, iqtisodiyot, menejment, marketing, logistika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlamoqda.

Institutda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilib, talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish va xalqaro tajribani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega. Aynan shu yondashuv bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi, balki ilm-fan, innovatsiya va sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qilayotgan nufuzli ilm dargohidir.

Yagona vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz

#TTYSI_Mustaqillik_35_Yillik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
👍 4
3
2
🔥 2
😍 1
3 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
07.08.2026 12:46

XALQARO EKSPERT ISHTIROKIDA LIBOS DIZAYNI BO‘YICHA O‘QUV SEMINAR VA MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI
Germaniya To‘qimachilik Uyushmasi Gesamtmasche tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida 3–7-avgust kunlari libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va ixtisoslashtirilgan mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar va mahorat darslarini Hugo Boss AG hamda Laurèl kabi dunyoning yetakchi moda brendlari bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lgan moda va to‘qimachilik dizayni bo‘yicha taniqli xalqaro ekspert Robert Herzog olib bordi.

Besh kun davom etgan o‘quv dasturida barqaror materiallar bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, moda industriyasining global rivojlanish yo‘nalishlari, loyiha va kolleksiyalar uchun g‘oyalar xaritasini professional darajada shakllantirish usullari, xalqaro standartlarga mos portfolio tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda moda va to‘qimachilik dizaynida innovatsion yondashuvlar va bozor ehtiyojlarini tahlil qilish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilar xalqaro ekspert bilan bevosita muloqot qilish, zamonaviy dizayn yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashish hamda amaliy topshiriqlar orqali kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur xalqaro seminar libos dizayni yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, dizaynerlar va talabalarning professional salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda zamonaviy moda industriyasi talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba asosida boyitib, kelgusida ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun zarur tavsiyalar hamda yangi hamkorlik aloqalariga ega bo‘ldilar.

#TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
9
👍 1
8 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

6.8K
TTYSI rasmiy kanali
Официальный канал ТИТЛП

Veb-sayt www.ttysi.uz
Facebook* www.facebook*.com/ttysi.uz
Instagram* www.instagram*.com/ttysi_uz/
YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz

Murojaat uchun @suhrob_bek3
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram