DIZAYN VA TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI — MILLIY AN’ANALAR VA ZAMONAVIY DIZAYN UYG‘UNLIGI
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dizayn maktabi yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Milliy qadriyatlar va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi asosida yaratilayotgan ijodiy ishlanmalar bugun xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda.
1956-yilda tashkil etilgan
Dizayn va texnologiyalar fakulteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining ijodkorlik, innovatsiya va muhandislik salohiyatini o‘zida mujassam etgan yetakchi fakultetlaridan biridir.
Bugungi kunda fakultet moda industriyasi va yengil sanoat uchun zamonaviy bilim, ijodiy tafakkur hamda amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlamoqda.
Bu yerda
kostyum dizayni,
milliy kostyum,
poyabzal va aksessuarlar dizayni,
tikuv buyumlari texnologiyasi hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Mustaqillik yillarida fakultetning moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanib,
zamonaviy laboratoriyalar,
raqamli loyihalash texnologiyalari joriy etildi, xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi va ta’lim sifati yangi bosqichga olib chiqildi.
Bugun fakultetda yaratilayotgan har bir loyiha, har bir dizayn va har bir ijodiy g‘oya
milliy an’analar, estetik did va zamonaviy innovatsiyalar uyg‘unligining yorqin namunasi hisoblanadi.
Dizayn va texnologiyalar fakulteti — milliy merosni zamonaviy nigoh bilan davom ettirayotgan, kelajak moda sanoati uchun kreativ va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlaydigan maskandir.
Yagona vatan, yagona xalq bo’lib,
yangi hayot va kelajak yaratamiz
#TTYSI_Mustaqillik_35_Yillik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
Instagram*|Web-site|
Facebook*|
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram