TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
XALQARO EKSPERT ISHTIROKIDA LIBOS DIZAYNI BO‘YICHA O‘QUV SEMINAR VA MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI
Germaniya To‘qimachilik Uyushmasi Gesamtmasche tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida 3–7-avgust kunlari libos dizayni mutaxassislari uchun xalqaro o‘quv seminar va ixtisoslashtirilgan mahorat darslari tashkil etildi.
Seminar va mahorat darslarini Hugo Boss AG hamda Laurèl kabi dunyoning yetakchi moda brendlari bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lgan moda va to‘qimachilik dizayni bo‘yicha taniqli xalqaro ekspert Robert Herzog olib bordi.
Besh kun davom etgan o‘quv dasturida barqaror materiallar bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, moda industriyasining global rivojlanish yo‘nalishlari, loyiha va kolleksiyalar uchun g‘oyalar xaritasini professional darajada shakllantirish usullari, xalqaro standartlarga mos portfolio tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda moda va to‘qimachilik dizaynida innovatsion yondashuvlar va bozor ehtiyojlarini tahlil qilish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar xalqaro ekspert bilan bevosita muloqot qilish, zamonaviy dizayn yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashish hamda amaliy topshiriqlar orqali kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur xalqaro seminar libos dizayni yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, dizaynerlar va talabalarning professional salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda zamonaviy moda industriyasi talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba asosida boyitib, kelgusida ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun zarur tavsiyalar hamda yangi hamkorlik aloqalariga ega bo‘ldilar.
#TTYSI_Xalqaro_Hamkorlik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
❤ 9
👍 1
8 1K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram