avatar
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
@ttysi_uz
08.08.2026 04:01

BIR ASRLIK TAJRIBA, ZAMONAVIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR MASKANI
1932-yilda tashkil etilgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti O‘zbekistonning to‘qimachilik, yengil sanoat, muhandislik, iqtisodiyot va dizayn sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik aloqalari bilan mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biriga aylandi.

Mustaqillik yillarida institut taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Zamonaviy o‘quv binolari, ilg‘or laboratoriyalar, ilmiy markazlar va raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etildi. Xalqaro universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvlar talabalarga jahon standartlari asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqda.

Bugungi kunda institutda To‘qimachilik muhandisligi, Dizayn va texnologiyalar, Sanoat texnologiyalari va mexanika hamda Iqtisodiyot fakultetlari faoliyat yuritib, to‘qimachilik muhandisligi, yengil sanoat texnologiyalari, moda va dizayn, mexanika, avtomatlashtirish, iqtisodiyot, menejment, marketing, logistika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlamoqda.

Institutda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilib, talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish va xalqaro tajribani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega. Aynan shu yondashuv bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi, balki ilm-fan, innovatsiya va sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qilayotgan nufuzli ilm dargohidir.

Yagona vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz

#TTYSI_Mustaqillik_35_Yillik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП


Instagram*|Web-site|Facebook*|YouTube
👍 4
3
2
🔥 2
😍 1
3 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

TTYSI • TITLI • ТИТЛП

6.8K
TTYSI rasmiy kanali
Официальный канал ТИТЛП

Veb-sayt www.ttysi.uz
Facebook* www.facebook*.com/ttysi.uz
Instagram* www.instagram*.com/ttysi_uz/
YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz

Murojaat uchun @suhrob_bek3
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram