IQTISODIYOT FAKULTETI — TARAQQIYOT UCHUN BILIM, TAJRIBA VA LIDERLIK MAKTABI
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti zamonaviy bilim va innovatsion fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq. Ana shunday salohiyatli kadrlarni tayyorlashda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Iqtisodiyot fakulteti alohida o‘rin tutadi.
1954-yilda tashkil etilgan fakultet bugungi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyoti, to‘qimachilik va yengil sanoati hamda boshqa muhim tarmoqlar uchun minglab malakali mutaxassislarni yetishtirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgan. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish korxonalari, biznes subyektlari va iqtisodiyotning turli sohalaridagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirilib, talabalar kasbiy ko‘nikmalarini real ish jarayonida mustahkamlamoqdalar.
Xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar va innovatsion ta’lim metodlari esa talabalarni nafaqat o‘z sohasining mutaxassisi, balki global mehnat bozorida raqobatlasha oladigan zamonaviy kadr sifatida shakllantirmoqda.
Bugun Iqtisodiyot fakulteti — bilim, tashabbus va innovatsiyalar uyg‘unlashgan, iqtisodiy islohotlarda faol ishtirok etadigan, yetakchilik salohiyatiga ega mutaxassislarni tarbiyalaydigan zamonaviy ta’lim maskanidir.
#TTYSI_Mustaqillik_35_Yillik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
Instagram*|Web-site|
Facebook*|
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram