SANOAT TEXNOLOGIYALARI VA MEXANIKA FAKULTETI: 94 YILLIK AN’ANA, ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA MUSTAQILLIK YUTUQLARI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining eng qadimiy ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti o‘z faoliyatini 1932-yilda Paxtani dastlabki ishlash fakulteti sifatida boshlagan.
Qariyb bir asrlik tarix davomida fakultet sanoatning turli yo‘nalishlari uchun minglab malakali muhandis va texnologlarni tayyorlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida fakultet zamonaviy ta’lim va ilmiy markazlardan biriga aylandi. Mustaqillik yillarida fakultetning moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanib, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda raqamli yechimlar keng joriy qilindi.
Bugungi kunda fakultet sanoatning zamonaviy ehtiyojlariga mos ravishda
muhandislik, ishlab chiqarish va texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlamoqda.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayishi, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali integratsiya talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yagona vatan, yagona xalq bo’lib,
yangi hayot va kelajak yaratamiz
#TTYSI_Mustaqillikning_35_Yilligi
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
Instagram*|Web-site|
Facebook*|
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram