TO‘QIMACHILIK MUHANDISLIGI FAKULTETI — AN’ANA, INNOVATSIYA VA TARAQQIYOT UYG‘UNLIGI
1932-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan bir vaqtda tashkil etilgan To‘qimachilik muhandisligi fakulteti bugungi kunda mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi.
Qariyb bir asrlik faoliyati davomida fakultet minglab muhandis va texnologlarni tayyorlab, yurtimiz to‘qimachilik sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida fakultet yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiya talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.
Fakultetning xalqaro hamkorlik geografiyasi ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Belgiya, Xitoy, Gretsiya, Rossiya va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali ilmiy va akademik hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun To‘qimachilik muhandisligi fakulteti zamonaviy ishlab chiqarish talablariga mos, innovatsion fikrlaydigan, xalqaro tajribaga ega va global mehnat bozorida raqobatlasha oladigan muhandis kadrlarni tayyorlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
Yagona vatan, yagona xalq bo’lib,
yangi hayot va kelajak yaratamiz
#TTYSI_Mustaqillik_35_Yillik
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
Instagram*|Web-site|
Facebook*|
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram