avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
19.07.2026 11:25
Bolalar uchun anomal issiq kunlarda suv shoulari

Shahrisabz shahar hokimi tashabbusi bilan yozning jazirama kunlarida mahallalarda bolalar uchun suv shoulari tashkil etilmoqda.

Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Barhayot va G‘alaba mahallalaridagi yangi ko‘p qavatli uylar hududida o‘tkazildi. Maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari yordamida tashkil etilgan suv shousi bolajonlarga quvonch ulashib, jaziramada salqinlanish imkonini yaratdi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Gov.uz
👍 26
🤩 3
🔥 1
😍 1
63 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
19.07.2026 04:46
Qabristonlar obodligi — hamjihatlik va ezgu qadriyatlar ifodasi

Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga ko‘ra, qabristonlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.


Bugun Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev Qushxona hududidagi Xo‘ja Sayidon qabristonida tashkil etilgan xayriya hasharida ishtirok etdi. Hududda olib borilayotgan tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Shahar hokimi bunday ezgu tashabbuslar barcha mahallalarda ham keng yoyilishi zarurligini ta’kidlab, qabristonlarni hashar yo‘li bilan obod etish xalqimizning birdamligi va hamjihatligini namoyon etishini qayd etdi.

“Hashar — bu birdamlik va hamjihatlik maktabi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qabristonlarimizni obod qilishni barcha mahallalarda ham yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Shahrisabz bu borada boshqalarga namuna bo‘lishi lozim. Ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etgan barcha fuqarolar, tashabbuskorlar hamda tadbir tashkilotchilari — insta-bloger Fazliddin Ibragimov va tadbirkor Nurbek Akbarovga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — dedi Sherzod Bo‘riyev.

Qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha xayriya hasharlari shaharning boshqa mahallalarida ham izchil davom ettiriladi.

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Gov.uz
👍 17
👏 2
🔥 1
🤩 1
😍 1
35 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
05.07.2026 06:13
Inson qadrini ulugʻlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar bugun Sergeli tumanidagi mahallalar qiyofasida, odamlarning kundalik hayotida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Последовательные реформы, направленные на возвышение чести и достоинства человека, повышение благосостояния населения, сегодня находят яркое отражение и в облике махаллей Сергелийского района.

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
🔥 2
👏 1
🤩 1
2 768
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 18:34
Dolzarb 90 kun
"Quvnoq velomarafon"

Shahrisabz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida "Quvnoq velomarafon" sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, bolalarni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish hamda "Sog‘ tanda – sog‘lom aql" tamoyilini hayotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar davomida bolajonlar velosiped haydash bo‘yicha o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va faolligini namoyon etib, musobaqalarda katta ishtiyoq bilan qatnashdilar.

Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tantanali ravishda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida izchil davom etmoqda.
👏 3
👍 1
🤩 1
😍 1
10 1.4K
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 18:18
"Xayr,bogʼcham-salom maktab"

Barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlgani kabi Uymovut MFY hududidagi 30-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham "Xayr,bogʼcham-salom maktab" deb nomlangan bayram ertaligi tashkil etildi. Ushbu tadbirda tarbiyachi Sh.Mamatova boshchiligida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan goʻzal raqs va ashulalar,
sheʼrlar ijro etildi. Tadbirda Shahrisabz shahar MMTB xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari va ota- onalar ishtirok etishdi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan milliy va qardosh xalqlar raqslari tashrif buyurganlar kayfiyatiga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Tadbir soʻngida tashkilot direktori Yulduz Jalolova bolajonlarga taʼlimning keyingi bosqichi hisoblangan maktab taʼlimida ham aʼlo baholarga oʻqib, ilmning yuqori choʻqqilarini zabt etib yurishlarini tiladi hamda diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirladi
👍 7
👏 3
🔥 2
💯 2
🤩 1
5 887
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 14:36
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlardagi ishtiroki vа Gruziyaga tarixiy davlat tashrifi tafsilotlari tahlil qilinadi.

Ko‘rsatuvni bugun, 4-iyul soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 5-iyul soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook*
|Instagram*|X
👍 1
🔥 1
👏 1
🤩 1
944
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 14:33
📢 BU SHUNCHAKI TEXNIKUM EMAS!

✅ Bu - Angliya va Germaniya xalqaro ta'lim standarti!

✅ Bu - Qashqadaryo Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi!

📌 Faqat 9 -11-sinf bitiruvchining 120 nafari saralab olinadi.

🗓 Hujjat topshirish vaqti:
      1-20-iyul

Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 13-uy.

Mo‘ljal: Qashqadaryo sohili.
1-3-4-5-12-21 avtobuslarning Sohil bekati.  

☎️ 91-521-75-24

✍ Qashqadaryo IKMT
🔥 1
🤩 1
1 849
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 14:33
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi.

Mentorlik yo‘nalishlari:
emojiGame Development
emojiArtificial Intelligence & Machine Learning
emojiData Analytics
emojiCyber Security
emojiFrontend Development
emojiBackend Development
emojiAndroid Development
emojiiOS Development
emojiCross-platform Mobile Development


Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
emojiO‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish;
emojiTalabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati;
emojiYuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat;
emojiTahliliy fikrlash ko‘nikmalari.

Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

Ariza qoldirish: https://forms.gle/RMt3MxBWHcAUUoe1A

Telegram | Instagram*
🤩 1
2 748
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 14:33


Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga!

Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi.

Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
emojiPython, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;
emojiOOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
emojiFlutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi);
emojiGoogle, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish;
emojiaxborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
emojitegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
emojimurakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish;
emojio‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish;
emojiingliz tilini kamida B2 darajasida bilish;
emojiijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.


Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998909849741.
Manzil: havola.

Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🌐Sayt Telegram Facebook*
Instagram* YouTube Linkedin
🤩 1
1 660
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 13:57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga AQSh milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

“Sizga hamda do‘st Amerika xalqiga ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yo‘llashdan g‘oyat mamnunman.

Sizning dadil va shijoatli rahbarligingiz ostida AQSh iqtisodiy qudrati va ta’sirini yanada oshirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda, barcha davlatlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda”
,

– deyiladi maktubda.

Prezidentimiz bunday ijobiy jarayonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani, o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi.

Maktubda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, muhim mineral resurslar va innovatsion kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi muloqot va amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi. Noqonuniy migratsiya, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotik vositalar noqonuniy aylanishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy va global formatlar, avvalo, “C5+1” platformasi, BMT hamda boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik Prezident Donald Trampning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Shu o‘rinda Prezidentimiz joriy yil dekabr oyida Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini ta’kidladi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил поздравление Президенту Соединенных Штатов Америки Дональду Трампу по случаю национального праздника – Дня независимости США и 250-летия этой даты.

«С большим удовольствием направляю Вам и дружественному американскому народу от имени многонационального народа Узбекистана самые искренние поздравления и наилучшие пожелания.

Под Вашим смелым и энергичным руководством США, последовательно укрепляя свою экономическую мощь и влияние, играют важную роль в обеспечении глобального развития и безопасности, активно развивают практическое сотрудничество со всеми государствами»
,

– отмечается в поздравлении.

Президент нашей страны подчеркнул, что такие позитивные процессы создают прочную основу для всестороннего расширения отношений между Узбекистаном и США, а связи, основанные на взаимном уважении, доверии и общих интересах, наполняются новым содержанием.

В письме отмечено, что увеличение объемов взаимной торговли, совместная реализация инвестиционных проектов, углубление сотрудничества в сферах критически важных минеральных ресурсов и инновационной кооперации являются приоритетными направлениями двустороннего партнерства.

Также выражена заинтересованность в дальнейшем укреплении диалога и практического партнерства в области безопасности. Особое значение придается расширению совместных усилий в борьбе с незаконной миграцией, терроризмом, экстремизмом, транснациональной преступностью, незаконным оборотом наркотиков и другими современными угрозами.

Глава нашего государства выразил уверенность, что сотрудничество в региональных и глобальных форматах, прежде всего в рамках платформы «C5+1», ООН и других международных институтов, при активной поддержке Президента Дональда Трампа будет и впредь подниматься на качественно новый уровень.

Президент Узбекистана также отметил, что с большим интересом ожидает встречу с американским коллегой на полях саммита «Группы двадцати», который состоится в Майами в декабре текущего года.

Facebook*
|Instagram*|X
👏 1
🤩 1
💯 1
748
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 13:42
Xavfsiz va sog‘lom yurt

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" kompleks tezkor profilaktik tadbirlar oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrining tarixiy xiyobonidagi Amir Temur maydonida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida kiberjinoyatlarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, shuningdek, fuqarolar va sayyohlar tomonidan turizm namoyish obyektlarida ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktik ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga hushyorlikni oshirish, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda jamoat tartibini saqlash yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.
👏 3
👍 1
🤩 1
💯 1
2 823
avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 10:46
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Shahrisabz shahrida Qo‘riqlash xizmati faoliyatiga oid targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda Qo‘riqlash xizmatining zamonaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan Qo‘riqlash xizmatiga ulanish tartibi, shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tizimi hamda texnik vositalarning ishlash mexanizmi yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga jamoat joylarida sovuq qurol va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurmaslik, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda shubhali holatlarga duch kelganda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish zarurligi ham tushuntirildi.
🤩 2
👍 1
👏 1
10 904

Shahrisabz shahar hokimligi

10.5K
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Facebook*: www.fb.com/shahrisabzshpress
Instagram*: https://www.instagram*.com/shahrisabz_shahar_matbuot

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram