avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 13:42
Xavfsiz va sog‘lom yurt

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" kompleks tezkor profilaktik tadbirlar oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrining tarixiy xiyobonidagi Amir Temur maydonida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida kiberjinoyatlarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, shuningdek, fuqarolar va sayyohlar tomonidan turizm namoyish obyektlarida ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktik ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga hushyorlikni oshirish, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda jamoat tartibini saqlash yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.
👏 3
👍 1
🤩 1
💯 1
2 823

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahrisabz shahar hokimligi

10.5K
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Facebook*: www.fb.com/shahrisabzshpress
Instagram*: https://www.instagram*.com/shahrisabz_shahar_matbuot

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram