avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
19.07.2026 04:46
Qabristonlar obodligi — hamjihatlik va ezgu qadriyatlar ifodasi

Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga ko‘ra, qabristonlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.


Bugun Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev Qushxona hududidagi Xo‘ja Sayidon qabristonida tashkil etilgan xayriya hasharida ishtirok etdi. Hududda olib borilayotgan tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Shahar hokimi bunday ezgu tashabbuslar barcha mahallalarda ham keng yoyilishi zarurligini ta’kidlab, qabristonlarni hashar yo‘li bilan obod etish xalqimizning birdamligi va hamjihatligini namoyon etishini qayd etdi.

“Hashar — bu birdamlik va hamjihatlik maktabi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qabristonlarimizni obod qilishni barcha mahallalarda ham yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Shahrisabz bu borada boshqalarga namuna bo‘lishi lozim. Ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etgan barcha fuqarolar, tashabbuskorlar hamda tadbir tashkilotchilari — insta-bloger Fazliddin Ibragimov va tadbirkor Nurbek Akbarovga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — dedi Sherzod Bo‘riyev.

Qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha xayriya hasharlari shaharning boshqa mahallalarida ham izchil davom ettiriladi.

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Gov.uz
👍 17
👏 2
🔥 1
🤩 1
😍 1
35 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahrisabz shahar hokimligi

10.5K
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Facebook*: www.fb.com/shahrisabzshpress
Instagram*: https://www.instagram*.com/shahrisabz_shahar_matbuot

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram