avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 18:18
"Xayr,bogʼcham-salom maktab"

Barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlgani kabi Uymovut MFY hududidagi 30-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham "Xayr,bogʼcham-salom maktab" deb nomlangan bayram ertaligi tashkil etildi. Ushbu tadbirda tarbiyachi Sh.Mamatova boshchiligida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan goʻzal raqs va ashulalar,
sheʼrlar ijro etildi. Tadbirda Shahrisabz shahar MMTB xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari va ota- onalar ishtirok etishdi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan milliy va qardosh xalqlar raqslari tashrif buyurganlar kayfiyatiga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Tadbir soʻngida tashkilot direktori Yulduz Jalolova bolajonlarga taʼlimning keyingi bosqichi hisoblangan maktab taʼlimida ham aʼlo baholarga oʻqib, ilmning yuqori choʻqqilarini zabt etib yurishlarini tiladi hamda diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirladi
👍 7
👏 3
🔥 2
💯 2
🤩 1
8 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahrisabz shahar hokimligi

10.5K
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Facebook*: www.fb.com/shahrisabzshpress
Instagram*: https://www.instagram*.com/shahrisabz_shahar_matbuot

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram