“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Shahrisabz shahrida Qo‘riqlash xizmati faoliyatiga oid targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda Qo‘riqlash xizmatining zamonaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan Qo‘riqlash xizmatiga ulanish tartibi, shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tizimi hamda texnik vositalarning ishlash mexanizmi yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, fuqarolarga jamoat joylarida sovuq qurol va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurmaslik, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda shubhali holatlarga duch kelganda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish zarurligi ham tushuntirildi.
🤩2
👍1
👏1
12 1.1K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram