avatar
Shahrisabz shahar hokimligi
@shahrisabz_shahar_hokimligi
04.07.2026 14:33


Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga!

Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi.

Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.

Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
emojiPython, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;
emojiOOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
emojiFlutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi);
emojiGoogle, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish;
emojiaxborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
emojitegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
emojimurakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish;
emojio‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish;
emojiingliz tilini kamida B2 darajasida bilish;
emojiijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.


Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998909849741.
Manzil: havola.

Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🌐Sayt Telegram Facebook*
Instagram* YouTube Linkedin
🤩 1
1 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahrisabz shahar hokimligi

10.5K
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov
Facebook*: www.fb.com/shahrisabzshpress
Instagram*: https://www.instagram*.com/shahrisabz_shahar_matbuot

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram