Shahrisabz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida "Quvnoq velomarafon" sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, bolalarni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish hamda "Sog‘ tanda – sog‘lom aql" tamoyilini hayotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar davomida bolajonlar velosiped haydash bo‘yicha o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va faolligini namoyon etib, musobaqalarda katta ishtiyoq bilan qatnashdilar.
Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tantanali ravishda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida izchil davom etmoqda.
👏3
👍1
🤩1
😍1
10 1.4K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram