Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
23 4.6K
Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Yig‘ilishda sohaga oid davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning 2030 yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish ekanligi qayd etildi.
Shu bilan birga, ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligi va samarali faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgan bo‘lishiga qaramay, ayrim bo‘linmalar faoliyatida hanuzgacha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmayotgani keskin tanqid qilindi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ochiq muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda 800 nafardan ortiq shaxs ushbu yo‘nalishda jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Xususan, bundan buyon komplayens bo‘linmalarining asosiy vazifasi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish ekanligi qayd etilib, ushbu bo‘linmalar faoliyati natijadorligi korrupsiyaviy omillarni erta aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha preventiv choralarni samarali amalga oshirishga qarab baholanishi belgilandi.
Xususan, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 5-raund monitoringi doirasidagi tavsiyalarini amalga oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish kabi qator yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kuchaytirishga alohida urg‘u berildi.
O‘rganish yakunlari bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari ishtirokida viloyat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, ushbu tashabbus Agentlik tomonidan hamkor xalqaro tashkilotlar ko‘magida fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv seminarlari va treninglarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Mazkur “Yozgi maktab” dasturi fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Akademiya va Agentlik o‘rtasidagi amaldagi memorandum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti hamda Latviyaning Moliya va shartnoma markaziy agentligi (CFCA) hamkorligida “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Платформа использует файлы cookie для авторизации и сохранения настроек. Продолжая работу, вы соглашаетесь с нашей Политикой использования cookie.