avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
20.04.2026 10:29
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xalqaro aksilkorrupsiya standartiga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yetakchi ilmiy-taʼlim muassasasi sifatida qisqa vaqt ichida o‘z tizimida milliy va xalqaro standartlarga muvofiq, korrupsiya tahdidlariga barqaror tura oladigan tizimni joriy etdi.

Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimi shakllantirilib, 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

Akademiya va Agentlik o‘rtasidagi amaldagi memorandum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Shu kabi tizimli chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2025 xalqaro aksilkorrupsiya standartiga muvofiq deb topildi.

Eʼtiborlisi, Akademiya MDH davlatlari ichida ushbu xalqaro standart bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini olgan tashkilotlar orasida xalqaro IAF tashkilotining ro‘yxatiga kiritilgan birinchi tashkilot bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti hamda Latviyaning Moliya va shartnoma markaziy agentligi (CFCA) hamkorligida “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
39 31.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram