"Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026"da ishtirok eting
24-25-26 aprel kunlari "Sarbon" universitetida
“Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026" bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.
Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Yo‘nalishlar:
- davlat xaridlari, sog'liqni saqlash, sport, qurilish, ta'lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.
Xakatonda
18-35 yoshdagi turli soha vakillari (2 yoki 3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.
Xakaton qoidalari bilan batafsil
ushbu havolada tanishing.
Xakatonda
ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim.
G’olib jamoalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.
Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — “Uzinfocom” kompaniyasining yosh dasturchilari jamoasi Gonkongda o‘tkazilgan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va mazkur tanlovda munosib ishtirok etdi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram