Oʻzbekiston NNTlari Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “Yozgi maktab”da ishtirok etmoqda
Riga shahrida o‘zbekistonlik NNT vakillari uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tashkil etilgan ilk “Yozgi maktab” taʼlim dasturi o‘z ishini boshladi.
Mazkur dastur Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamda Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
“Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu tashabbus Agentlik tomonidan hamkor xalqaro tashkilotlar ko‘magida fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv seminarlari va treninglarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Dasturda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida alohida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatib kelayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining 17 nafar vakillari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar Latviyaning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ilgʻor tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.
Xususan, bugun ishtirokchilar
Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish byurosi, Markaziy moliya va shartnomalar agentligi hamda
Latviya Davlat kanselyariyasi kabi davlat idoralari faoliyati bilan tanishishdi.
Shuningdek, samarali boshqaruv va ijtimoiy sheriklik yoʻnalishlarida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish imkоniyatiga ega boʻlinmoqda.
Mazkur “Yozgi maktab” dasturi fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram