avatar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@antikor_uzb
23.04.2026 21:46
Jarqo‘rg‘on tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish ishlari o‘rganildi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida mazkur yo‘nalishda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

- Ta’limda halollik: Tumandagi maktab va bog‘chalarda GRACE ta’lim dasturining joriy etilishi hamda “Halollik darslari” jarayoni ko‘zdan kechirildi;

- Tibbiyotdagi shaffoflik: Tuman Tibbiyot birlashmasida xizmat ko‘rsatish sifati va yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Sohadagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi;

- Raqamlashtirish va ochiqlik: Barcha sohalarda byurokratiyani qisqartirish, jarayonlarni raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish masalalari ko’rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari ishtirokida viloyat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.


Muhokama davomida masʼul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
14 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram