Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!
Prezident
qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazish belgilangan.
Agentlik tomonidan korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlanib, maxsus elektron platformada baholashni amalga oshirish uchun yangi modul
yaratildi.
Joriy yil davlat tashkilotlari faoliyatidagi
135 ta tashkilotning
10 mingdan ortiq funksiyada korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va
Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi shakllantirildi.
Maʼlumot o‘rnida: Agentlik va jamoatchilik takliflari asosida har bir davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi shakllantirilib,
birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dasturdan o‘rin olgan choralar yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Mulohazalaringizni ushbu
havola orqali
5-may sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.
Korrupsiyaviy xavflar qanchalik to‘g‘ri va xolis baholanganligi haqida sizning ham fikringiz biz uchun muhim!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram