Yosh dasturchilar korrupsiyaga qarshi innotvatsion yechimlar taklif etmoqda
Avval
xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Sarbon” universitetida
“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu muhim tashabbus doirasida respublikaning barcha hududlaridan
18–35 yosh oralig‘idagi iqtidorli
IT mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Dastlabki bosqichdayoq xakatonga qiziqish yuqori bo‘ldi —
600 nafardan ortiq yosh dasturchi ro‘yxatdan o‘tdi.
Uch kundan buyon ishtirokchilar 2–3 kishilik jamoalar tarkibida
ochiq ma’lumotlardan samarali foydalanib
, korrupsiyaga qarshi innovatsion va amaliy yechimlar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Har bir jamoa o‘zining kreativ g‘oyasi va ilg'or tashabbuslari bilan ajralib turishga intilmoqda.
Bugun xakatonning eng muhim —
final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi loyihalar saralanib, g‘oliblar nomi e’lon qilinadi.
Tadbir jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram