avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 21:33
Yangi agroinnovatsion tajriba: G‘o‘za qator orasiga ekish uchun Hindistondan zira urug'liklari yetib keldi

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida yangi agrotexnologiyalar joriy etilmoqda.

Xususan, Shinjon usulida g‘o‘za ekilgan maydonlarga zira ekish tajribasini sinovdan o‘tkazish Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi. Mazkur yondashuv yer unumdorligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda eksportbop mahsulotlar hajmini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ayni paytga qadar mahalliy zira urug‘lari ayrim hududlarda sinov tariqasida ekildi. Endilikda esa xorijdan, xususan Hindistonning “Nath bio-genes” kompaniyasi tomonidan keltirilgan zira urug‘lari ham mamlakatimizga yetib keldi.

Ushbu urug‘larni Shinjon usulida ekilgan g‘o‘za qator oralariga interkrop tizimi asosida ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bu usul ekinlar o‘rtasida samarali uyg‘unlikni ta’minlash orqali hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 4
1
4 901
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 20:32
Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya: yangi hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda

Kuni kecha qishloq xo'jaligi vazirligi mas'ullari Yaponiyaning "Yanmar" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalari muhokama qilindi.

��Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va innovatsion yechimlar bilan ta’minlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, yaponiyalik hamkorlar tomonidan quvvati 100 ot kuchidan kam bo‘lgan mini traktorlarni mamlakatimizga olib kirish taklifi ilgari surildi. Ta’kidlanishicha, ushbu ixcham va samarali texnikalar sholichilik, paxtachilik hamda bog‘dorchilik kabi yo‘nalishlarda ayniqsa dolzarb hisoblanadi.

Mini traktorlar kichik yer maydonlarida yuqori samaradorlikni ta’minlashi, resurslarni tejashi va fermerlar uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Shu bois, ular qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya darajasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtirish va hosildorlikni ko‘paytirishda muhim vosita sifatida ko‘rilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ham o‘z navbatida ushbu tashabbusni yuqori baholab, mini texnikalarning bugungi agrar islohotlar jarayonidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, vazirlik mamlakatimiz fermerlari manfaatlari yo‘lida xorijiy hamkorlar bilan ochiq va samarali muloqotga doim tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, aniq loyihalar ishlab chiqish va texnikalarni joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👌 3
👍 1
💯 1
927
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 19:45
Oddiy suyakdan ekologik toza o'g'it tayyorlash mumkinligini bilarmidingiz?

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
🔥 5
👍 3
👏 1
🙏 1
👌 1
11 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 19:02
Dual ta’lim tizimi: nazariya va amaliyot uyg‘unligining samarali modeli

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi Dual ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, “Agromuhandislik” yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun “Chirchiq agrotex klasteri” bazasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlari qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishning barcha texnologik sikllarini qamrab olmoqda.

Mazkur dastur doirasida talabalar traktor va qishloq xo'jaligi texnikalarini yig‘ish, agregatlarni sozlash va innovatsion muhandislik yechimlarini tatbiq etishda bevosita ishtirok etib, o‘zlarining nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish maydonida mustahkamlamoqdalar.

Ushbu tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u talabalarga nafaqat akademik bilim, balki ijtimoiy va moliyaviy barqarorlikni ham ta’minlaydi. Hozirda klasterda faoliyat yuritayotgan talabalar o‘z mehnatlariga munosib oylik maosh olish bilan birga, korxona tomonidan bepul transport va tushlik bilan ta’minlangan. Bu esa yosh muhandislarning o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, ularning kelajakda mehnat bozorida yuqori malakali va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
2
👍 1
👌 1
3 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 18:03


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim strategik qaror sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ushbu farmon orqali ilmiy salohiyatni mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligini barqaror taraqqiyot yo‘liga olib chiqish uchun mustahkam asos yaratilmoqda.

Mazkur dolzarb masala yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti professori, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi muxbir a’zosi Hojimurod Kimsanboyev o‘z fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👍 4
1
13 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 17:13
Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi

Qonun (O‘RQ–1128-son, 13.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

�� Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

�� ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi,

➖ BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

�� Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda:

�� har yili 1-maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.

�� Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.

⌛️ Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
👏 2
1
💯 1
9 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Переслано от Boshqaruv samaradorligi agentligi
15.04.2026 16:00
O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tanlov yo‘nalishlari:

Oziq-ovqat xavfsizligi
Suv resurslarini boshqarish va suv diplomatiyasi
Raqamli qishloq xo‘jaligi
Iqlim o‘zgarishiga moslashuv
Agrar sohasini moliyal
ashtirish

50 nafar eng munosib ishtirokchi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi.

Ariza topshirish

Arizalar joriy yilning 27 aprel kuniga qadar qabul qilinadi!

Batafsil

Tanlovga oid savollar yuzasidan murojaat uchun — @young_talent_bot

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|Aloqa
🔥 3
👍 2
💯 2
1
12 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
@uzagroministry
15.04.2026 14:55
Ma’naviy yuksalish va yangi imkoniyatlar

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi dasturi nafaqat kasbiy bilimlar, balki ma’naviy dunyoqarashni boyitishga qaratilgan tadbirlarga ham boy bo‘lmoqda.

Kurs ishtirokchilari Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tinglovchilar ushbu markazga o‘rta asrlarda buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilib, yaqin yaqingacha turli mamlakatlarda saqlanib kelingan va bugun davlatimiz rahbarining sa’yi-harakati bilan ushbu markazga jamlangan noyob asarlar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Website Telegram Facebook* YouTube Instagram*
5
💯 3
14 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

20.1K
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Открыть в Telegram