Yangi agroinnovatsion tajriba: G‘o‘za qator orasiga ekish uchun Hindistondan zira urug'liklari yetib keldi
Mamlakatimizda
qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida yangi agrotexnologiyalar joriy etilmoqda.
Xususan,
Shinjon usulida g‘o‘za ekilgan maydonlarga zira ekish tajribasini sinovdan o‘tkazish
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi. Mazkur yondashuv
yer unumdorligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda eksportbop mahsulotlar hajmini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ayni paytga qadar
mahalliy zira urug‘lari ayrim hududlarda sinov tariqasida ekildi. Endilikda esa xorijdan, xususan Hindistonning
“Nath bio-genes” kompaniyasi tomonidan keltirilgan
zira urug‘lari ham mamlakatimizga yetib keldi.
Ushbu urug‘larni
Shinjon usulida ekilgan g‘o‘za qator oralariga interkrop tizimi asosida ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bu usul
ekinlar o‘rtasida samarali uyg‘unlikni ta’minlash orqali hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
�
Website �
Telegram �
Facebook* �
YouTube �
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram