Dual ta’lim tizimi: nazariya va amaliyot uyg‘unligining samarali modeli
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi
Dual ta’lim tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan,
“Agromuhandislik” yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun
“Chirchiq agrotex klasteri” bazasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlari qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishning barcha texnologik sikllarini qamrab
olmoqda.
Mazkur dastur doirasida
talabalar traktor va qishloq xo'jaligi texnikalarini yig‘ish, agregatlarni sozlash va innovatsion muhandislik yechimlarini tatbiq etishda bevosita ishtirok etib, o‘zlarining nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish maydonida mustahkamlamoqdalar.
Ushbu tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u talabalarga
nafaqat akademik bilim, balki ijtimoiy va moliyaviy barqarorlikni ham ta’minlaydi. Hozirda klasterda faoliyat yuritayotgan talabalar
o‘z mehnatlariga munosib oylik maosh olish bilan birga, korxona tomonidan bepul transport va tushlik bilan ta’minlangan. Bu esa yosh muhandislarning o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, ularning kelajakda mehnat bozorida
yuqori malakali va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
�
Website �
Telegram �
Facebook* �
YouTube �
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram