H
Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotin
14.04.2026 12:31
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi


Qonun (O‘RQ–1128-son, 13.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

📙 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

🍀 ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, –

➖ BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

💰 Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda:

🗒 har yili 1-maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.

💸 Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.

⌛️ Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
14 2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
H

Huquqiy axborot | Lotin

7.2K
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Открыть в Telegram