Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya: yangi hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda
Kuni kecha qishloq xo'jaligi vazirligi mas'ullari
Yaponiyaning "Yanmar" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda
ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalari muhokama qilindi.
��Uchrashuv davomida tomonlar
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va innovatsion yechimlar bilan ta’minlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan,
yaponiyalik hamkorlar tomonidan quvvati 100 ot kuchidan kam bo‘lgan mini traktorlarni mamlakatimizga olib kirish taklifi ilgari surildi. Ta’kidlanishicha, ushbu ixcham va samarali texnikalar sholichilik, paxtachilik hamda bog‘dorchilik kabi yo‘nalishlarda ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
Mini traktorlar
kichik yer maydonlarida yuqori samaradorlikni ta’minlashi, resurslarni tejashi va fermerlar uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Shu bois, ular qishloq xo‘jaligida
mexanizatsiya darajasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtirish va hosildorlikni ko‘paytirishda muhim vosita sifatida ko‘rilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ham o‘z navbatida
ushbu tashabbusni yuqori baholab, mini texnikalarning bugungi agrar islohotlar jarayonidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, vazirlik
mamlakatimiz fermerlari manfaatlari yo‘lida xorijiy hamkorlar bilan ochiq va samarali muloqotga doim tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar
hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, aniq loyihalar ishlab chiqish va texnikalarni joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar.
�
Website �
Telegram �
Facebook* �
YouTube �
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram